So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  9 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  0 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  12 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  16 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   11 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Jaloliddin Masharipov: "Endi yosh futbolchi emasmiz, ayrim vaziyatlarda masuliyatni o'z bo'ynimizga olib, vaziyatni o'zgartirishimiz kerak" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Endi yosh futbolchi emasmiz, ayrim vaziyatlarda masuliyatni o'z bo'ynimizga olib, vaziyatni o'zgartirishimiz kerak"

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Qirg'iz Respublikasiga (2:3) qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Qirg'iziston terma jamoasida bugun kichik ustunlik bo'lishini bilardik. Raqiblarimiz o'z uylarida o'ynayotgani qo'shimcha kuch berdi. Bugun stadion ochilishi bo'ldi va shu sababli stadionga juda ko'p muxlislar tashrif buyurdi. Bu uchrashuv haqiqiy derbidek o'tdi.

O'zimiz kichik xatolarga yo'l qo'ydik. Raqib esa bundan unumli foydalandi, lekin yigitlar o'zini yo'qotib qo'yishmadi va o'tkazib yuborilgan gollardan so'ng uyg'onishdi. CHiroyli "kambek" amalga oshirdik.

- Birinchi bo'limda malum bir vaqt o'zingiz uchun asosiy bo'lmagan hujumchi poziciyasida o'ynadingiz. O'z qanotingizni tashlab, maydon markaziga o'tib olganingizga nima sabab bo'ldi?

- 10-15 daqiqa vaqt ichida oldinda kamchilik bo'lib qolgan edik. Maydon markazi esa biroz bo'shab qolgandi, Nasrullaev esa qanotni to'liq egallay olishini bilardim. SHu sababli maydon markaziga o'tib, Eldor bilan Ostonga vaziyatlar yaratib berishga harakat qildim. SHundan so'ng vaziyatlarimiz soni ko'paydi. Endi yosh futbolchi emasmiz, ayrim bir vaziyatlarda masuliyatni o'z bo'ynimizga olib, vaziyatni o'zgartirishimiz kerak.

- O'zbekiston terma jamoasi ko'p uchrashuvlardan beri o'yin davomida mag'lubiyat bo'layotganiga qaramay, natijani o'z foydasiga hal eta olyapti. Bugun ham bahs davomida ikki marotaba hisobda ortda borayotgandik, ammo yakundan g'alaba qozondik. Ushbu holatga fikr bildirib o'tsangiz?

- Futbolchilarimizda ruhiy tomonlama o'ziga bo'lgan ishonch bor. Bu bizning birinchi "kambek"imiz emas, ancha vaqtdan beri bunday irodali o'yin namoyish etyapmiz. Imkon qadar "kambek"larsiz g'alaba qozonishimiz kerak. SHunda muxlislarga ham, bizga ham osonroq bo'ladi. Futbolchilarimiz gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng xotirjam harakat qilishmoqda.

- Guruhda asosiy raqibimiz deya ko'rilgan Qatar bugun KXDRni mag'lub eta olmadi. Amaldagi Osiyo chempionlari ikkita turda bor-yo'g'i bir ochko to'plashdi. Guruhdagi vaziyatga baho berib o'tsangiz?

- Ko'pchilik bizdan KXDRni yirik hisobda mag'lub etishimizni kutayotgandi. Bugun esa, KXDR Qatar bilan durang qayd etdi. Bu ciklda kuchsiz terma jamoaning o'zi yo'q. Qirg'iziston ham bugun buni isbotladi va juda yaxshi kurashdi. Bunday saralashda har bitta gol va har bir ochko juda muhim rol o'ynaydi. Yakunda, ruhiy tomonlama kuchliroq jamoa g'alaba qozonadi.




Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика