Jaloliddin Masharipov: "Al Hilol" bor kuchi bilan o'ynadi"
24 fev 2016 21:04
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Al Hilol" bor kuchi bilan o'ynadi"
"Paxtakor" futbolchisi Jaloliddin Masharipov "Al Hilol"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin qiyin bo'ldi. Raqibning kuchli ekanligi ko'rinib turibdi. Dastlabki o'yinda muxlislarimiz oldida ham yuzimiz yorug' bo'lishi uchun harakat qildik. Qiyin bo'lsa ham, javob o'yinida g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "Al Hilol" o'ynasa bo'ladigan jamoa. Imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Javob o'yinida g'alaba uchun o'ynaymiz.
- Raqib bugungi o'yinda bor kuchi bilan harakat qildi deb o'ylaysizmi?
- Raqib bugun bor kuchi bilan o'ynadi deb bemalol ayta olaman. Maydonga tushganimdan keyin bunga amin bo'ldim. CHetdan turib kuzatganda bu narsa bilinmaydi, ammo, maydonni o'zida bo'lsangiz buni darhol sezishiningiz mumkin", - deya o'z fikrlarini yakunladi futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar