So’nggi yangiliklar

08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  0 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  25 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  7 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3

Jaloliddin Masharipov: "Abduqodir plankani ko'tarib yubordi. Jahon chempionatiga chiqsak, qolgan futbolchilarga ham yo'l ochiladi" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Abduqodir plankani ko'tarib yubordi. Jahon chempionatiga chiqsak, qolgan futbolchilarga ham yo'l ochiladi"

O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov bugungi mashg'ulotlardan oldin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Kecha soat tungi 03:00 da uchib keldim. Bugun birinchi mashg'ulot. Oldimizda ko'p vaqt yo'q. Terma jamoa muhitiga tezroq moslashish kerak. Chunki oldimizda juda muhim o'yinlar turibdi. Biz tayyormiz.

Abduqodir plankani ko'tarib yubordi. Bundan xursandmiz. Jahon chempionatiga chiqsak, hammamizga yaxshi bo'ladi. Mundialda boshqa futbolchilarimiz uchun ham o'zlarini ko'rsatishga katta imkoniyat bo'ladi. Oston O'runov, Abbosbek Fayzullaevlarga ham yo'l ochiladi.

Qirg'izistonga qarshi birinchi o'yinda qiynalgandik, maydon holati yomon edi. Raqib kuchli, hozirgi kunda raqibni mensimay tushish yomon oqibatlarga olib keladi. Lekin o'z uyimizda o'ynamoqdamiz. Biz muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz.

BAA boshqa terma jamoalarga chiqib, O'zbekistondan ochko olib berishini so'rashi normal holat. Biz buni kutgandik. Bundan kelib chiqib, biz faqat o'z o'yinimizga etibor berishimiz kerak", -deydi Jaloliddin Masharipov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика