So’nggi yangiliklar

21:41"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони - Япония 1:3 (онлайн ҳисоб)  0 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  10 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  3 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2

Jahongir Usmonovni tabriklaymiz! Yangiliklar

Jahongir Usmonovni tabriklaymiz!

Usmonov Jahongir Mirabrorovich bugun 51 yoshni qarshi oldi.

SHu munosabat bilan saytimiz xodimlari nomidan mamlakatimizda futzalga poydevor qo'ygan Jahongir Usmonovga uzoq umr, sihat-salomatlik, kuch-quvvat tilab qolamiz.

Mamlakatimizda futzalning rivojiga katta hissa qo'shgan Jahongir Usmonovni alohida etirof etgan bo'lardik. Jahongir Usmonov sobiq O'zbekiston futzal Associaciyasiga 2006 yil vice-prezident etib tayinlangan va 2018 yilga qadar shu lavozimda faoliyat yuritib kelgan edi. Bundan tashqari, u "Ardus" jamoasi prezidenti hisoblanardi.



Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2006 yildan beri Osiyo chempionatlarida 3 bor kumush medalni va 2 marotaba bronza medalni qo'lga kiritdi. Toshkent esa 3 marotaba qita birinchiligiga mezbonlik qildi. Ayniqsa, 2016 yil poytaxtimizda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati haligacha ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Ana shu musobaqada ayniqsa muxlislar butun OFKni lol qoldirishdi. Osiyo chempionatining o'tkazilishiga ham yuqori baho berildi, birinchi o'yindan to so'nggi final bellashuviga qadar barchamizni birdek his-hayajonda ushlab turdi. Ana shu musobaqada terma jamoamiz o'z tarixida birinchi marotaba Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi va Kolumbiya mezbonlik qilgan mundialda ishtirok etib qaytdi. Garchi, terma jamoamiz Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmagan bo'lsada, ularning o'yini muxlislarda iliq taassurot qoldirdi.

Ikki yil oldin futzal terma jamoamiz Turkmaniston poytaxti Ashxoboddan kumush medallar bilan qaytishdi. SHu kungacha O'zbekiston Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida 3 marotaba bronza medalini qo'lga kiritgan, lekin finalga chiqmagan edi. Demak, bu borada "Ashxobod-2017"dagi final oldinga yana bir qadam tashlanganini anglatadi.

Bir so'z bilan aytganda, yuqoridagi yutuqlarda Jahongir Usmonovning hissasi juda katta bo'lgan.

O'zbekistonda futzalni rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun Jahongir Usmonovga minnatdorchilik bildirib qolamiz.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика