So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor" qarorgohida mehmon bo'ldi Yangiliklar

Jahongir Ortiqxo'jaev "Paxtakor" qarorgohida mehmon bo'ldi

Jahongir Ortiqxo'jaev bugun "Paxtakor" jamoasining Qibraydagi o'quv yig'in mashg'ulotlari bazasida bo'ldi.

So'nggi oylarda kompleksda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishgan Jahongir Abidovich, futbolchilar bilan ham suhbatlashdi.

"Avvalo Sizlarga so'nggi ikki yilda qo'lga kiritilgan chempionlik uchun rahmat aytaman. Men bundan quvondim. Bu ananani buzmasligimiz kerak. Eng muhimi Sizlar etibordagi odam ekanligingizni unutmasangiz va biz bilan bir jamoa bo'lishda davom etsangiz kifoya, qolganini biz o'zimiz yaxshi sharoitlarni yaratib berishda davom etamiz", - dedi "Paxtakor" raisi.

Qo'shimcha sifatida, O'zbekistonda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga ham alohida to'xtalib o'tdi. 

- Jamoamizning azolari terma jamoa safida Osiyo chempioni bo'ldilar. Siz hali yoshsiz, umringizni behuda o'tkazmang. Katta akalaringiz kabi nom qozoning, o'z qadringizni biling, mehnat qilib Evropaga keting, men xursand bo'lay. Abbos, ayniqsa sendan umidimiz katta. Men ishonaman, sen hali "Paxtakor" bilan yuqori marralarni zabt etasan va Evropaning top klublarida o'ynaysan".

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика