So’nggi yangiliklar

15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  11 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19

Jahongir Mehmonov: “Legioner mahalliy yigitlardan ikki, uch barobar kuchli bo'lishi lozim” Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: “Legioner mahalliy yigitlardan ikki, uch barobar kuchli bo'lishi lozim”

Xabar berilganidek Namanganning "Navbahor" jamoasi 10 dekabrdan etiboran mahalliy futbolchilar bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

O'tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazgan “Lochinlar” boshqa klublarga qaraganda mashg'ulotlarga ertaroq kirishishdi. Biz esa ilk kundagi mashg'ulotlardan so'ng jamoa etakchisi Jahongir Mehmonovdan intervyu oldik.

- Tan olib aytish kerakki, “Navbahor” bu yil turnir jadvalida o'ziga mos bo'lmagan to'qqizinchi o'rinni band qildi. Avvalgi yilga qaraganda o'yin va natijada ham pasayish ko'zatildi. SHijoat va shasht ham yo'qolgandek taasurot qoldirdi...

- Ha. Albatta. Bu yil jamoamizda ancha pasayish bo'ldi. Birinchi davrani yomon boshlamagan edik. Buning sabablari ko'p. Mavsum davomida o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Asosiy futbolchilarimiz ketishdi, umuman olganda Superliga saviyasidagi yaxshi futbolchilar bor edi. Ikkinchi davrada asosan quyi liga klublaridan yoshlar jalb etildi. SHuningdek murabbiy almashdi. Baribir bu omillar tasir qilmasdan qolmas ekan. Lekin, masuliyati kuchli o'yinlarda tajribali futbolchilarning o'rni katta bo'ladi. Muhim pallada yosh futbolchilarning hali Superliga havosini ko'rmaganligi bilindi.

- Markazda ajoyib tandem hosil qilgan Azim Ahmedov va Abdujamol Isroilovni yo'qligi jamoaning o'yinini izdan chiqardi. Ularning o'rnini to'ldiradigan munosib futbolchilar yo'qmidi? Ular safdan chiqgach markazda bo'shliqlar yuzaga kela boshladi...

- Nega endi bo'lmas ekan? Ayubxon No'monov, SHahzod SHaymanov va bir qator Superliga klublarida to'p tepgan futbolchilar bor edi. Yarim himoyachi SHahzod SHaymanov mana bir necha yildan beri turli klublar safida tajribasini oshirib kelyapti. Birinchi davrada ham markazda harakat qilgandi.



- Deyan Jurjevich qisqa muddatda jamoaga nimadir o'rgata oldimi? Yoki nimani o'zgartirishga erishdi?

- Selekciya ishlarini amalga oshirdi. Yosh va iqtidorli futbolchilarga imkoniyat berdi. Bu murabbiy O'zbekistonda ancha vaqtdan beri ishlamagandi. SHu sababdan ko'pchilikni tanimas edi. U bilgan va tanigan futbolchilar esa boshqa klubning azosi hisoblanardi. Ayrim vaqtlarda biz ham unga maslahat berdik. Baribir yakuniy qarorni murabbiy hal qildi.

- Legionerlar Aleksandr Kasyan, Ivan Solovyov, Slavko Lukichni yanada kuchliroq o'yin ko'rsatishlariga nima etishmadi?

- Murabbiy almashgandan so'ng ular o'z o'yinlarini topa olishmadi. To'g'risini aytsam nima bo'lganini o'zim ham tushunmadim. Bundanda yuqori saviyada o'ynashlari mumkin edi. Ularni darajasidagi futbolchilar o'zimizda ham topilardi. O'zbekistonlik o'yinchilar ulardan kam emas. Legioner mahalliy yigitlardan ikki, uch barobar kuchli bo'lishi lozim. Bu mening fikrim holos.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика