So’nggi yangiliklar

21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  1 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8

Jahongir Jiyamurodov: "Bunyodkor", "Nasaf" va "So'g'diyona" bilan o'yinlar "Rubin"ga katta dars bo'ldi" Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "Bunyodkor", "Nasaf" va "So'g'diyona" bilan o'yinlar "Rubin"ga katta dars bo'ldi"

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Rubin" (4:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov o'z fikrlarini bildirdi.



"O'tgan turda "Nasaf" bilan o'yindan keyin ham aytgandim. Biz o'yindan-o'yinga kuchayib borishga urinayapmiz. Yigitlarga rahmat aytaman, hujumda yosh futbolchilarni sinab ko'rdik, gol urishga ham erishdik. Baribir darajada farq sezildi. 75-daqiqadan keyin futbolchilarimning kuchi qolmadi, o'zgarishlar deyarli o'zini oqlamadi. Taktik tomonlama, o'zimizning qo'pol xatolarimiz bilan ikkita gol o'tkazib yubordik", - dedi Jiyamurodov.

- "Rubin" juda qiyin guruhga tushgandi, bu futbolchilarning ruhiyatiga tasir qilmadimi?

- To'g'ri guruh juda kuchli edi. Ammo shunday kuchli klublarga qarshi bahslar biz uchun maktab bo'ladi. Uchta o'yindagi xatolarni bartaraf etishga urinamiz. Birinchi o'yinda "Bunyodkor"ga o'ta yirik hisobda yutqazdik, keyingi ikkita bahsda baribir o'zimizga keldik.

- "Rubin" Birinchi ligadagi maqsadi qanday?

- Rahbariyat katta maqsadlar qo'ygan. Klubga kelganimga ko'p bo'lgani yo'q, maqsadimiz Pro ligaga chiqish. Tarkibga "Istiqlol"dan 2-3 futbolchini qo'shib oldik.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика