So’nggi yangiliklar

13:12Поль Погба 811 кундан сўнг яна майдонга қайтди  0 12:51Суперлига охирги тур учрашувлари бошланиш вақти маълум  5 12:34Лига 1. ПСЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 12:25Левченко Ўзбекистон чемпионлигини қўлга киритган 21-мураббий бўлди  6 12:04"Нефтчи" — чемпион! Тақдирлаш маросимидан видео  2 11:51"Нефтчи" учун узоқ кутилган чемпионлик баҳсидан галерея  1 11:28Жуд Беллингем: "Мени фақат "Реал" мухлисларининг фикри қизиқтиради"  0 10:42Виталий Левченко: "Бу узоқ ва машаққатли йўл эди, мухлислар чемпионликни 24 йил кутишди"  7 10:19"Нефтчи" таркибида ким нечанчи чемпионлигини қўлга киритди?   7 09:53"Ливерпуль" сардори: "Ҳозир жуда қийин вазиятдамиз"  1 09:26Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  4 08:582026 йил Ўзбекистонда ФИФАнинг яна бир мусобақаси бўлиб ўтади  1 08:45Суперлига-2025. "Сўғдиёна" – "Бунёдкор" 0:2  2 08:35Суперлига-2025. "Нефтчи" – "Қизилқум" 4:1  5 08:32Слот: "Биз охирги пайтларда ўз имкониятларимизни кўп қўлдан чиқаряпмиз"  7

Jahongir Abdusalomov: “Har bir o'yinda gol urib, jamoaga yordam bermoqchiman” Yangiliklar

Jahongir Abdusalomov: “Har bir o'yinda gol urib, jamoaga yordam bermoqchiman”

Pro liga 15-turidan o'rin olgan “Yangier-quruvchi” – “Zomin” (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Jahongir Abdusalomov fikrlariga quloq tutdik.

Malumot uchun, Abdusalomov uchrashuvda yagona golni kiritib, jamoasiga g'alaba taqdim etdi. 

- Bugungi g'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Juda qiyin o'yinni o'tkazdik. “Zomin” bilan bahs qiyin bo'lishini oldindan bilardik. Xudoga shukr, biz ularni mag'lubiyatga uchratib, muxlislarimizga g'alaba taqdim qildik. 

“Zomin”ning oxirgi o'rinda turganiga qaramay, yaxshi jamoa ekanini bilardik. Tayyorgarlikni shunga yarasha qilgandik. Ularning keyingi o'yinlariga omad tilayman. 

Jamoamizning ayni vaqtdagi asosiy maqsadi, 5-o'rinni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga yo'llanma olish hisoblanadi. Hozirda imkoniyatimiz bor, qolgan o'yinlarda ijobiy natija qilib, vazifani bajara olamiz. 

Bugun jamoa safidagi ilk golimni urdim. Avvalroq buni amalga oshirishim mumkin edi. Biroq jarohatlar tufayli ko'p bahslarni o'tkazib yubordim. Har bir o'yinda gol urib, jamoaga yordam berishni maqsad qilganman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика