So’nggi yangiliklar

20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  1 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  0 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  3 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2

Jahon futbolining tirik afsonasi 40 yoshda! Yangiliklar

Jahon futbolining tirik afsonasi 40 yoshda!

"PippoGOAL" blogi asosan Italiya futbolini yoritib boradi.

Bugun nafaqat A Seriya, balki butun jahon futbolidagi eng taniqli nomlar uchtaligiga kiradigan, bu hayotda Muhammad Ali va Ronaldo Nazariodan boshqasini tan olmaydigan, mag'lubiyatlarni tan olmaydigan va o'zini daho deb biladigan katta shaxs o'zining yubileyini nishonlayapti — Zlatan 40 yoshda!

SHveciyalik futbolchiga tegishli rekordlar haqida alohida kitob yozish mumkin. Yozuvchi emasligimiz tufayli Ibragimovich faoliyatining Italiya futboliga bog'liq qismi bilan bog'liq bazi malumotlarni keltirish bilan kifoyalanamiz.

"Futboldagi Benjamin Batton" A Seriyada 257 o'yin o'tkazgan. Italiya chempionati bahslarida 148 ta gol urib, 64 bor jamoadoshlariga shunday imkoniyat yaratib bergan.

"Milan"ning qizil-qora libosida 133 uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchi 85 marta raqib muxlislarini ranjitgan (+32 assist).

"Inter"ning ko'k-qora libosida o'tkazilgan 117 o'yini, urilgan 66 goli va oshirilgan 31 golli uzatmasi bor.

Ibra "Keksa sinora" uchun ham begona emas. U "Yuve" uchun 92 o'yinda 26 gol urgan (17 assist).

Bugunga qadar barcha turnirlarda 954 rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan Ibra 565 gol urgan. 

U Italiyaning 4 karra chempioni ("Kalchopoli" mojarosi tufayli "Yuve"dagi chempionligi bekor qilingan).

U Italiya kubogini 3 bor yutgan.

U 2 bor A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lgan.

U Italiya chempionatida 3 bor yil futbolchisi deb topilgan.

Taslim bo'lma!

Muallif :
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика