So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  9 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  9 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  5 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Jahon futbolining 20 yoshgacha bo'lgan istiqbolli 10 himoyachisi Yangiliklar

Jahon futbolining 20 yoshgacha bo'lgan istiqbolli 10 himoyachisi

Bugun etiboringizga ko'pchilik diqqat etibori markazida bo'layotgan 10 nafar iqtidorli himoyachilar haqida malumot beramiz.

10. Rik Karsdorp – 20 yosh, Feyenoord (Gollandiya)

Gollandiya fuqarosi.

O'ng qanot himoyachisi.


Biografiya. Golllandiyalik o'tgan mavsumdan boshlab qanot himoyasida o'ynay boshladi. U har yili yangidan yangi iqtidorlarni etishtirib beruvchi "Feyenoord" akademiyasida o'ng qanot yarim himoyasida o'ynar edi. Kattalar safiga qo'shilganda ham ushbu poziciyada o'ynashni davom ettirdi, ammo o'tgan mavsumda "Rieka"ga qarshi Evropa ligasi bahsidan oldin Fred Rutten Lyuk Uilkshirning jarohati tufayli Karsdorpni o'ng qanot himoyasiga o'tkazadi.

O'sha uchrashuvda "Feyenoord" mag'lub bo'ladi, Rik esa ko'plab xatolarga yo'l qo'yadi, o'yindan so'ng esa kiyinish xonasida yig'laydi, ammo Ruttenning bundan jahli chiqmaydi va unga yana imkoniyat beradi va Rik o'ng qanot himoyasiga mustahkam o'rnashadi. Sentyabrda faoliyatida birinchi marotaba terma jamoadan chaqiruv oladi.

Qisqa tahlil. Karsdorpga qarab, qarshingizda himoyada ham o'ynay oladigan hujum vakili turganini tushunasiz. U doimo oldinga chiqadi va yaxshi harakat qiladi - Rikning ajoyib texnikaga ega, maydonni yaxshi ko'ra oladi va kuchli zarba bilan raqib darvozabonini sarosimaga solishga qodir. Himoya ko'nikmalarini kuchaytirsa - Karsdorpni har qanday klubga sotsa bo'ladi.


9. Kristian Manya – 18 yosh, Muskron-Peruvelc (Belgiya)

Ruminiya fuqarosi.

Markaziy/o'ng qanot himoyachisi.


Biografiya. Ruminiyaning Konstanca shahrida tug'ilgan Manya Georgi Xaji shogirdi hisoblanadi. 2009 yilda Xaji shaharda o'z akademiyasini ochadi. Manya esa bu jamoaning asosiy iqtidorlaridan biri bo'ladi. U 2014 yilning aprel oyida Xaji qo'l ostida ilk marotaba maydonga tushadi, "Viitorul" safidagi 5ta o'yindan so'ng Viktor Picurke tomonidan Ruminiya terma jamoasiga chaqiriladi. Bu iqtidorni har qanday muxlis payqay olar edi.

"Viitorul"da mavsumni to'liq o'tkazgan Manya, "CHelsi" bilan shartnoma tuzadi, klub xazinasiga esa 1,5 mln. evroga yaqin pul tushadi. Londonda uni boshqalar kabi ijaraga berib yuborishadi. Kristian "Muskron"da hozircha zaxira o'ridig'ini isityapti - mavsum davomida bir marotaba maydonga tushgan.

Qisqa tahlil. Manya - himoya markazi, o'ng qanot himoyasi va tayanch zonasida o'ynay oladigan universal himoyachi. Hujumga chiqishni yoqtiradi va bu ishni juda yaxshi uddalaydi.


8. Jo Gomes – 18 yosh, Liverpul (Angliya)

Angliya fuqarosi.

Markaziy/chap qanot himoyachisi.


Biografiya. Brendan Rojers avgust boshida ko'pchilikni hayron qoldirib - jamoada Alberto Moreno kabi kuchli futbolchi bo'lishiga qaramay "Stok Siti"ga qarshi APLning birinchi bahsida 18 yoshli Jo Gomesga ishonch bildirdi. Yosh himoyachi bosimni ko'tara oldi, Jonatan Uoltersga imkon bermadi va Koutinoga golli pas berdi. Gomes "Liverpul"dan oldin CHempionshipda o'ynagan, 17 yoshga to'lishiga 3 oy qolganida "CHarlton" safida debyut qilgan.

Angliyalik ona va gambiyalik otasi bilan Londonning janubi-sharqida o'sgan yigitcha 13 yoshidayoq yirik klublarni o'ziga jalb qila olgan. Jo faoliyatini "CHarlton"da boshlashga qaror qiladi. Gomes CHempionshipda himoya markazida o'ynagan bo'lsa, "Liverpul"ga o'tib chap qanot himoyachisiga aylandi.

Qisqa tahlil. Gomes o'zining 18 yoshida jismonan juda kuchli - shu sababli unga Yangi Rio laqabi bekorga berilmagan. U tartibli, raqibni chalish bilan emas, tik turgan holda kutib olishni yoqtiradi. Yaxshi tezlikka ega.


7. Tin Edvay – 20 yosh, Bayer (Germaniya)

Xorvatiya fuqarosi.

Universal himoyachi.


Biografiya. Zagrebning "Dinamo" akademiyasi mamalkatning eng yaxshi futbol maktabi hisoblanadi va ushbu maktab ko'plab yulduzchalarni etishtirgan. Ulardan biri - Tin Edvay 17 yoshida "Dinamo" safida debyut qiladi. 2013 yilning yozida Evropaning yarmi uni o'z safida ko'rishni istab qoladi. Edvay uchun kurashda "Roma" g'olib chiqadi, ammo Tin jarohatlar tufayli o'zini Rimda ko'rsata olmaydi.

Bir yil o'tib Edvay yangi klub topadi - "Bayer". U Rojer SHmidtning jamoasida juda yaxshi o'ynab ketadi. SHmidt xorvatni maqtashdan qo'rqmas edi: "Taktik nuqtai nazardan Tin juda ishonchli futbolchi. U qachon pas berish va oldinga intilish kerakligini yaxshi biladi". Edvay juda nozik futbolchi bo'lganligi unga ko'p pand bermoqda, joriy mavsumda u "Bayer"ning birgina uchrashuvida maydonga tushdi.

Qisqa tahlil. Edvay ko'plab hujumlarga qo'shiladi va o'zining ajoyib uzatma va zarbalari bilan jamoaga katta yordam berishi mumkin. U kurashlarda yaxshi ishtirok etadi, ikkinchi qavatda kuchli va birga-bir vaziyatda uni aldab o'tish qiyin. Tin hozircha xom - pressingda o'zini yo'qotib qo'yishi mumkin.


6. Niklas Zyule – 20 yosh, Xoffenxaym (Germaniya)

Germaniya fuqarosi.

Markaziy himoyachi.


Biografiya. Germaniyada eng yaxshi akademiya nomi uchun "Bavariya" bilan kurashish juda qiyin, ammo Ditmar Xoppning "Xoffenxaym" klubi bekorga harakat qilmayotgani, jamoadan etishib chiqayotgan yulduzchalar ko'rsatib turibdi. Zyule ulardan biri. U Frankfurtda tug'ilgan va "Aytraxt"da futbol bilan shug'ullana boshlagan, ammo Niklas 15 yoshida "Xoffenxaym" akademiyasiga o'tadi.

Zyule 18 yoshidayoq "Xoffenxaym"ning asosiy tarkibidan joy oladi. Bahodirlardek tana tuzilishiga ega futbolchi o'tgan yilning dekabr oyida jiddiy jarohat olib Bundesliganing ikkinchi davrasini o'tkazib yuboradi.

Qisqa tahlil. Niklas - jismonan juda baquvvat himoyachi. Ikkinchi qavatda juda yaxshi kurashadi, "Xoffenxaym"da ko'plab zarbalarni aynan Zyule qaytaradi. Uzun paslar bilan hujum boshlashni yoqtiradi.


5. Alessio Romanoli – 20 yosh, Milan (Italiya)

Italiya fuqarosi.
Markaziy himoyachi.

Biografiya. "Roma"da futbol talimini olgan Romanolining ikki ustozi bor. Birinchisi - Zdenek Zeman Alessioni "Roma"ning asosiy himoyachilari safiga qo'shadi va yigitcha 17 yoshida rimliklar safida debyut qiladi. Zemanning istefosidan so'ng unga ishonishmaydi va futbolchi maydonda juda kam ko'rinadigan bo'lib qoladi.

Ikkinchisi - Sinisha Mixaylovich. 2014 yilning yozida u Romanolini o'zi boshqarayotgan "Sampdoriya" safiga qo'shib oladi va himoyachi bu klubda juda aqlli o'yin ko'rsatadi. Umuman olganda, u Mixaylovichda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Sinisha "Milan"ni qabul qilib olganidan so'ng, birinchi bo'lib Alessioni o'z jamoasi safiga qo'shib olishni so'raydi. Romanoli yangi jamoada asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi.

Qisqa tahlil. Sinisha Mixaylovich Romanolini bekordan-bekorga Nesta bilan tenglashtirayotgani yo'q. Alessio "Milan"ning sobiq himoyachisi kabi o'yinni o'qiy oladi, joyni yaxshi tanlaydi. U "Roma" akademiyasida markaziy yarim himoyachi bo'lib o'ynagan paytlarda, ajoyib pas berishni juda yaxshi o'zlashtirgan.


4. Lyuk SHou – 20 yosh, Manchester Yunayted (Angliya)

Angliya fuqarosi.
CHap qanot himoyachisi.

Biografiya. Hozir Lyuk SHou jarohatini davolamoqda. Tahminlarga ko'ra, u mavsumning qolgan qismini va Evro-2016ni o'tkazib yuboradi. Kelajak esa uning organizmiga bog'liq. SHou jarohat olgunga qadar bo'lgan darajasini qaytara oladimi?

"Sautgempton" akademiyasida SHouni Yangi Garet Beyl deb atashardi, chunki u hujumlarga qo'shilishda juda faol edi. Futbolchi 16 yoshidayoq butun Evropa u haqda gapira boshlagan. Lyuk APLdagi birinchi mavsumida "yil jamoasi"dan joy oldi. MYUga ko'nikish "Sautgempton"ga qaraganda juda qiyin bo'ldi. Afsuski, SHou mavsum boshida juda jiddiy jarohat oldi.

Qisqa tahlil. CHap qanot himoyasida o'ynaydigan Lyuk hujumda katta foyda keltiradi. U tezkor, ajoyib texnikaga ega, standartlarni amalga oshiradi. SHou hujumga berilib ketib, himoyani unutadiganlardan emas.


3. Xose Ximenes – 20 yosh, Atletiko (Ispaniya)

Urugvay fuqarosi.

Markaziy himoyachi.


Biografiya. Ximenesning "Atletiko"ga o'tishi - uning kuchli futbolchi ekanligidan dalolat. Diego Simeone o'z jamoasiga to'g'ri kelgan o'yinchini olmasligini bilsangiz kerak. U 2013 yilda Urugvay terma jamoasi bilan yoshlar o'rtasida Janubiy Amerika Kubogida kumush medal egasiga aylanganidan so'ng, madridlik skautlar nazariga tushadi. "Atletiko"da u Godin va Miranda juftligi soyasida qolib ketdi, ammo xatto shunda ham uni JCH-2014ga olib ketishdi. Mundialda ham futbolchi o'zini munosib ko'rsata oldi.

Yozda "Atletiko"ni markaziy himoyachi Miranda tark etdi, ammo madridliklar uning o'rnini egallaydigan futbolchi borasida havotir olishmadi.  Ximenes 2014/15 mavsumda ham o'zini ko'rsatdi va statistik natijalarga ko'ra Mirandadan yaxshiroq bo'ldi, Ispaniyaning eng yaxshi uch futbolchisi safidan joy oldi, xatto Qirol Kubogida "Real"ga ham gol urdi.

Qisqa tahlil. Ximenesning deyarli kuchsiz tomoni yo'q. U ikkinchi qavatdagi kurashlarda juda kuchli, joyni yaxshi tanlaydi, o'yinni o'qiy oladi. Xose hujumlarni boshlashni ham biladi. Qisqa va uzun paslar bilan o'z jamoasiga katta foyda keltirishi mumkin.


2. Ektor Belerin – 20 yosh, Arsenal (Angliya)

Ispaniya fuqarosi.

O'ng qanot himoyachisi.


Biografiya. "La Masiya"da, "Barselona" akademiyasida eng yaxshi bo'lish qiyin emas, ularning har ikkinchisiga "Yangi Puyol, Xavi, Messi" yorlig'i tushiriladi, ammo bu narsalar bilan "Barselona"ning asosiy tarkibiga kirish juda qiyin. Buni tushungan Belerin 2011 yilda "Arsenal" taklifini qabul qiladi. "Qarorni qabul qilish qiyin bo'ldi, ammo poezd bir marta keladi, sen unga chiqasan yoki yo'q".

Arsen Venger talabiga binoan Belerinni o'ng qanot yarim himoyasidan o'sha qanot himoyasiga o'tkazishadi. Bu esa franciyalik mutaxassisning navbatdagi aqlli yurishi bo'ladi. Ektor o'tgan mavsumda debyut qiladi, joriy mavsumda esa Matyo Debyushidan o'ng qanot himoyasini tortib oldi. Hozir u Dani Alvesni almashtirish uchun "Barselona" zaxirasida o'tirgan bo'lar edi. Poezd bor-yo'g'i bir marotaba keladi.

Qisqa tahlil. Belerinning o'zi ham tez yurar poezdga o'xshaydi - u o'z yo'nalishida oldinga va orqaga juda tez borib keladi. Ektor hujumda jamoadoshlariga o'tkir paslari bilan yordam beradi. Belerrinning "Bavariya"ga qarshi o'yindagi reydini eslang!


1. Xose Luis Gayya – 20 yosh, Valensiya (Ispaniya)

Ispaniya fuqarosi.
CHap qanot himoyachisi.

Biografiya. Xose Luis Gayya bolaligida Fransisko Rufetega to'p uzatib turgan, professional futbolchi bo'lib o'sganidan so'ng esa Rufete shogirdiga aylanadi. Nunu "Valensiya" bosh murabbiyi bo'lganida Fransisko yosh ispaniyalikdan jamoani tark etmaslikni iltimos qiladi. Rufete kelajakni oldindan bilganidek - Gayya chap qanot himoyasida o'zgarmas futbolchiga aylanadi.
Katta klubdagi bir mavsumdan so'ng - Evropaning top klublari unga qiziqa boshlaydi. "Real" futbolchi uchun 15 mln. evro taklif qiladi, ammo "ko'r shapalaklar" barcha takliflarni rad etadi.
Qisqa tahlil. Gayya - texnika jihatdan Xordi Albaga o'xshash juda kuchli himoyachi. U deyarli barcha hujumlarga qo'shiladi, tezkor reydlar amalga oshiradi, ajoyib paslar berishni yaxshi ko'radi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика