So’nggi yangiliklar

08:52Суперлиганинг икки клуби бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 08:24Sofascore. Бир бўлим ҳаракат қилган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди  1 07:50Бугун Ўзбекистон МТЖ Иорданияга қарши баҳс олиб боради  12 07:34Ўртоқлик учаршуви. «Пахтакор» Қозоғистон жамоасини мағлуб этди  0 02:54Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Валенсия"га 7та гол урди!  53 01:55АПЛ. Лисандро Мартинеснинг голи МЮга меҳмонда "Фулхэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  13 01:48Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида "Ал Фотиҳ"ни мағлуб этди, Роналдудан гол  0 00:38Каземиро Туркияга йўл олиши мумкин  0 00:03А Серия. "Интер" меҳмонда "Лечче"ни аяб ўтирмади  0 23:28Ўзбекистон U-16 ҳам Саудия Арабистонидан устун келди  3 23:17Англияликлар Ҳусановнинг дебюти ҳақида нималар деб ёзишди? Журналистларнинг фикри ва ижтимоий тармоқлардаги изоҳлар  39 21:36"Барселона" ушбу қишда Неймарни ортга қайтариши мумкин эди  5 21:05АПЛ. "Тоттенхэм" ўз уйида кутилмаганда "Лестер"га мағлуб бўлди  10 20:58А Серия. "Рома" меҳмонда "Удинезе"ни мағлуб этди, Шомуродов иккинчи бўлим бошида майдонга тушди  22 20:37Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги йиғинга кимларни жалб қилди?  3

Jahon chempionlari, afsonaviy Kasilyas, "Roma", "Barsa" va "Atletiko" yulduzlari. 2020 yil futboldan ketgan, lekin siz sog'inib ulgurgan futbolchilar Yangiliklar

Jahon chempionlari, afsonaviy Kasilyas, "Roma", "Barsa" va "Atletiko" yulduzlari. 2020 yil futboldan ketgan, lekin siz sog'inib ulgurgan futbolchilar

O'tgan yili turli sabablar tufayli faoliyatini tamomlagan o'yinchilarni yodga olamiz.

Darvozabon

Iker Kasilyas (Ispaniya) — 38 yoshda

Ikerning "Portu"dagi oxirgi o'yini 2019 yil aprelida bo'lgan. Keyin esa mashg'ulot payti uning yuragi huruj qilib qolgan va o'shandan so'ng Kasilyas maydonga tushmagan. Ammo Jahon va Evropa chempioni faolitini tugatish haqida 2020 yilda elon qildi. SHu bilan birga infarkt bo'lganidan keyingi ahvoli haqida ham qisqacha bayon etdi:

O'sha sodir bo'lgan voqeadan so'ng hayotimda ko'p narsa o'zgarib ketdi. Bir oygacha o'zimga kelolmadim: yurishdan, uxlashdan, turli jismoniy mashqlar bajarishdan ham qo'rqib qolgandim. Buning iloji ham yo'q edi. Albatta, futbol maydoniga qaytishni juda-juda xohladim, biroq bunday vaziyatda hissiyotlarga berilmasligim lozim edi. SHuning uchun birinchi o'ringa sog'lig'imni qo'ydim.


Himoyachilar

SHtefan Lixtshtayner (SHveycariya) — 36 yoshda

"Yuventus" safida ettikarra Italiya chempioni bo'lgan SHtefan ispan LaLigasidan tashqari barcha top-chempionatlarda o'ynagan: "Lill" (Franciya), "Lacio" va "Yuve" (Italiya), "Arsenal" (Angliya) va "Augsbur" (Germaniya) jamoalarida to'p tepgan. SHtefan yana bir mavsum futbolda qolmoqchi edi, ammo obdon o'ylab ko'rib, avgust oyida butsalarini mixga ildi.

Benedikt Xevedes (Germaniya) — 32 yoshda

Agar koronavirus pandemiyasi bo'lmaganida Benedikt ehtimol, hali ham futbol o'ynayotgan bo'larmidi?! Biroq Xevedes martda "Lokomotiv"dagi so'nggi o'yinini o'tkazdi hamda o'zini izolyaciya qilish uchun yurti tomon yo'l oldi va qaytmadi. Germaniyalik himoyachi iyunda "temiryo'lchilar" bilan shartnomasini bekor qildi va faoliyatini tugatganini malum qildi: Men etarlicha pul ishlab topdim, oxirgi damlar hayotimga boshqa tomondan nazar soldim. O'g'lim bilan o'tkazgan vaqtim menga quvonch bag'ishlagandek, hech narsadan bunchalik xushnud bo'lmagan ekanman. Men uchun futbol o'z ahamiyatini yo'qotdi.

Vensan Kompani (Belgiya) — 34 yoshda

"Manchester Siti" safida to'rtkarra Angliya chempioni bo'lgan futbolchi o'tgan mavsumda "Anderlext"ning o'ynovchi murabbiyga aylandi. Ammo boshqaruvni eplolmadi va yordamga Frank Verkauterenni chaqirdi. Vensan o'zining so'nggi uchrashuvini martda o'tkazdi. Avgustda esa bor etiborini murabbiylik faoliyatiga qaratishga qaror qildi va Verkauterendan ishdan ketishini so'radi. O'zi esa "Anderlext" bosh murabbiyi bo'ldi.

Jeremi Mate (Franciya) — 36 yoshda

Mate ko'pchilikka "Valensiya" va "Barselona"dagi o'yinlari bilan yaxshigina tanish. U Portugaliyaga ketganidan keyin esa "Sporting"da 100ta o'yin o'tkazganiga qaramay, etibordan chetda qolib ketdi. So'nggi yillarda francuz nafaqat maydondagi raqiblariga, balki jarohatlarga ham qarshi kurashdi. 2020 yilning yozida ketishga qaror qildi.


Yarim himoyachilar

Xaver Maskerano (Argentina) — 36  yoshda

"Barselona"ning eng yaxshi davri ishtirokchilaridan biri, qarilik davrini Xitoyda o'tkazdi, faoliyatini esa Argentinada tugatdi. Noyabr oyida Xaver "Estudiantes" safida so'nggi o'yinini o'tkazdi va shunday dedi: SHaxsiy hayotimda o'zgarishlar sodir bo'ldi va ular faoliyatimni tugatishga sabab bo'ldi. Bu haqida ko'p o'yladim va to'g'ri qaror qabul qildim deb o'ylayman. Bugungi kunda Maskaren Argentina futbol Associaciyasida ishlamoqda.

Daniele De Rossi (Italiya) — 36 yoshda

De Rossi "Roma"dan keyin faoliyatiga nuqta qo'yish haqida o'yladi, ammo bolalikdagi orzusini ro'yobga chiqarish uchun "Boka Xuniors" tomon yo'l oldi. Afsuski, tajribali italyanning Argentinada omadi chopmadi: yarim yil ichida 7ta o'yinda maydonga tushdi va qizini juda sog'inib ketdi. Aynan shu sabab Daniele futbolchilik karerasini tugatdi.

Gabi Fernandes (Ispaniya) — 37 yoshda

"Atletiko"ni sobiq sardori o'zining futbol asri oxirini Qatarda afsonaviy va murabbiylik yo'lini boshlagan Xavi bilan o'tkazdi.

Garet Berri (Angliya) — 39 yoshda

Angliyalik yarim himoyachi o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha APL rekordchisi hisoblanadi: Berri hisobida Premer-Liga doirasida 653 o'yin bor. Oxirgi ikki mavsumni Garet CHempionshipda, "Vest Bromvich" safida o'tkazdi va jarohatlar bilan kurashdi. Avgust oyida Berri ko'pchilik havas qiladigan faoliyatini yakunlaganini elon qildi.


Hujumchilar

Andre SHyurrle (Germaniya) — 29 yoshda

JCH-2014 finalida samarali uzatma sohibining oxirgi jamoasi Moskvaning "Spartak" jamoasi bo'ldi, SHyurrle yomon boshlamadi, lekin tezda yo'qolib qoldi. Sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab Andre futbolga bo'lgan qiziqishini yo'qotdi. Aslida 2020 yilda u maydonda ko'rinish bermadi, lekin rasman faoliyatini o'tgan yili yakunladi.

David Vilya (Ispaniya) — 38 yoshda

Jahon va Evropa chempioni Ispaniya termasi to'purari faoliyatining oxirgi yillarini ona yurtidan ancha uzoqda o'tkazdi: MLSda "Nyu-York Siti" safida ancha gol urdi, Avstraliyada "Melburn Siti" safida ham ko'rinish berib ulgurgan Vilya oxirgi "yurishida" Yaponiyani zabt etdi. "Vissel Kobe"da David boshqa mashhur futbolchilar bilan birlashdi (Inesta, Podolski va Vermalen). Katta futbolni tark etayotganini Vilya 2019 yil oxirida elon qildi, oxirgi daqiqalarini esa 2020 yil 1 yanvarida o'tkazdi. Bu oddiy, navbatdagi uchrashuv emasdi, Imperator Kubogi finali edi va David Vilya jamoasi bosh sovrinni qo'lga kiritdi.


Yana kim?

Hujum juftligi ikki jahon chempioni, lekin 2020 yilda faoliyatiga nuqta qo'ygan yana bir qator forvardlarni tilga olmaslikning iloji yo'q. Mario Gomes oxirgi "nafasida" "SHtutgart"ga Bundesligaga qaytish uchun yordam berdi. Etiborlisi, 2007 yil futbolchi aynan shu klub tarkibida Germaniya chempionatida zafar quchgan. "Napoli" va PSJ safida yorqin o'yinlarini o'tkazgan Lavessi faoliyatini Xitoyda yakunladi, "Liverpul" safida ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritgan Milan Barosh ona yurti CHexiyada butsalarini "mixga ildi".

SHuningdek, ikki o'ta tajribali va ko'pchilikning hurmatiga sazovor futbolchi ham bu yil faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar safidan chiqdi: Aric Adurisga Bilbaoning "Atletik" jamoasidagi yo'lini chiroyli yakunlashiga koronavirus imkon bermadi — "Real Sosedad"ga qarshi Qirol Kubogi finalini pandemiya sabab nomalum muddatga qoldirildi va Aric kutishni istamadi. Klaudio Pisarro yoshi o'tib qolgan bo'lsa-da, "Verder" Bundesligada jon saqlab qolishiga erishdi. Vaholanki futbolchi "musiqachilar" safida o'tgan asrda ham gol urgandi!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика