So’nggi yangiliklar

18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   0 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1

Jahon chempioniga aylangan Braziliya futzalchilari qanday fikrda? Yangiliklar

Jahon chempioniga aylangan Braziliya futzalchilari qanday fikrda?

Futzal bo'yicha JCH finalidan o'rin olgan Braziliya – Argentina (2:1) uchrashuvidan keyin braziliyalik futzalchilar Marseno va Marlon fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menimcha, bugun futzal tarixidagi muhim uchrashuvlardan biriga guvoh bo'ldik. Ikki jamoa finalga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandi. Biz bugun ajoyib o'yin namoyish etdik va ikkita gol farqi bilan hisobda oldinda bordik. 

Argentina ko'p hujum qilishga harakat qildi, ammo biz to'g'ri himoyalandik va g'alabani saqlab qoldik. Braziliya – yangi jahon chempioni. Musobaqaga tayyorgarlik va musobaqa davomida ko'p qiyinchiliklarga duch keldik, ammo bularning barchasi ortda qoldi. Biz chempionmiz", – dedi Marseno.



"Barcha tabriklar uchun rahmat. Bugungi final hayotimizdagi eng muhim o'yin bo'ldi. Bugun qitadagi eng asosiy raqibimizga qarshi o'ynadik. O'yin kurashlarga boy o'tdi, lekin shunga qaramay, yakunda biz g'alaba qozona oldik. 

Bu safargi Jahon chempionati biz uchun omadli bo'ldi deya olaman. Qiyinchiliklar ham bo'ldi, albatta. Biz bu mundialga uch yil davomida tayyorgarlik ko'rgandik. Yillar davomidagi mehnatimiz bugun o'z samarasini berdi", – deya fikr bildirdi Marlon.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика