So’nggi yangiliklar

14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  2 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  0 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  2 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  1 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  4 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  7 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7

Jahon chempionatiga qura tashlandi. O'zbekiston amaldagi chempion bilan bir guruhda Yangiliklar

Jahon chempionatiga qura tashlandi. O'zbekiston amaldagi chempion bilan bir guruhda

Shu yilning 21 may - 1 iyun kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida mini-futbol bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu mundialda dunyoning eng kuchli 32 jamoasi kurash olib boradi.

Avvalo bir tushunchani aytib o'tish kerak, mini-futbol va futzal umuman boshqa-boshqa sport turi. Futzal o'z nomi bilan zalda 5x5 formatda o'ynaladi, mini-futbol esa ochiq maydonda 6x6 format shaklida o'tkaziladi. Yani, bunda darvozabondan tashqari yana 5 nafar futbolchi harakat qiladi.

O'zbekistonga mini-futbol kirib kelganiga hali ko'p bo'lgani yo'q. LLF asoschisi Doniyor Niyozovning ikki yillik say-harakatlari tufayli O'zbekiston tarixda ilk bor mini-futbol (6x6) bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Malumot uchun, ushbu Jahon chempionati hisob bo'yicha beshinchisi bo'ladi. Bungacha 2015 yil AQSH, 2017 yil Tunis, 2019 yil Avstraliya va 2023 yil BAA mini-futbol bo'yicha Jahon chempionatlariga mezbonlik qilgan.




O'tgan ikki yil ichida LLF tomonidan uchta 6x6 musobaqasi tashkil qilindi, shuningdek PROGRESS jamoasining Turkiyada bo'lib o'tgan Euro Business Cup turnirida qatorasiga ikki bor ishtiroki Jahon mini-futbol federaciyasining (WMF) O'zbekistonga ham etibor qaratishiga sabab bo'ldi.

12 mart kuni kechki payt Bakudagi "The Ritz-Carlton" mehmonxonasida Jahon chempionati uchun qura tashlash marosimi o'tkazildi. Ushbu marosimda bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etdi. Ular orasida sizu-bizga juda yaxshi tanish, Portugaliya terma jamoasi va bir nechta klublarda yorqin o'yin namoyish etgan Luish Nani ham bor edi. Aynan to'rtinchi savatchadagi jamoalarni aniqlash uchun sahnaga Nani taklif etildi va u O'ZBEKISTON yozuvi tushirilgan qog'ozchani tortdi.




Endi qura natijalari haqida:

Qura tartibiga ko'ra, jamoalar 4tadan 8 guruhga bo'lindi. O'zbekiston bu musobaqada ilk bor ishtirok etishi hisobga olinib, oxirgi savatchadan joy oldi.

"A" guruhi - Ozarbayjon, Mavritaniya, Sloveniya, Bahrayn.
"B" guruhi - Ruminiya, Franciya, Chad, O'ZBEKISTON.
"C" guruhi - Vengriya, Ukraina, Angliya, Turkiya.
"D" guruhi - Slovakiya, Bolgariya, Portugaliya, Hindiston.
"E" guruhi - Meksika, Chernogoriya, Tailand, Kosta Rika.
"F" guruhi - Qozog'iston, AQSH, Bosniya va Gercegovina, Polsha.
"G" guruhi - Chexiya, Gruziya, BAA, Argentina.
"H" guruhi - Serbiya, Gana, Ispaniya, Isroil.

O'zbekiston mini-futbol bo'yicha Jahon chempionatida JCHning amaldagi g'olibi Ruminiya, Evropaning kuchli jamoalaridan biri Franciya hamda Afrika vakili Chad terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.




Yana bir malumot, O'zbekiston mini-futbol terma jamoasi shu yilning 19 fevral sanasidan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshladi. Terma jamoani mundialga Javlon Anorov bilan Vusal Magerramov murabbiy sifatida birgalikda tayyorlamoqda. Dastlabki yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Bekzod Amanullaev, Izzatilla Abduraimov, Sherzod Mirzarahimov, Umidjon Yarbekov.

Futbolchilar: Jasem Baykov, Azizbek Temirov, Sardor Tulaboev, Elyor Omonjonov, Davron Mamatov, Kamoliddin Musaev, Bekzod Mirsaidov, Jahongirxon Shukurov, Abdulloh Abdulazizov, Jamshid Islomxo'jaev, Abbos Saidkarimov, Asror Ro'zmatov, Ahror Umarjonov, Doniyor Hasanov.

X.Xoliqov


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика