"Jahon chempionatidan keyin faoliyatimni yakunlamoqchi bo'lgandim" – Risharlison kuchli depressiyaga tushgani haqida gapirdi Yangiliklar

"Jahon chempionatidan keyin faoliyatimni yakunlamoqchi bo'lgandim" – Risharlison kuchli depressiyaga tushgani haqida gapirdi

Futbolchi Qatardagi mundialdan so'ng o'zining eng qiyin kunlarini yashagan.

"Tottenxem" klubi hujumchisi kuchli depressiya holatiga tushganini so'zlab berdi.

"Mashg'ulotga boryapman, ammo uyga ketgim kelardi – miyyamda nima sodir bo'layotganini tushunmasdim. Otamga futboldan ketishga qaror qilganimni aytgandim, xatto.

O'shanda endigina Jahon chempionatida o'ynab kelgandim, o'zimning eng kuchli formamda edim, aslida. Men allaqachon chegaradan chiqib ketgandim. O'zimni o'ldirish haqida gapirmayapman, ammo o'sha payt juda kuchli depressiya holatida edim. Taslim bo'lishni xohlardim.

Jahon chempionatidan keyin psixologik xurujlar menda tez-tez sodir bo'lardi, bundan charchab ketgandim. Uydagi muammolar bilan birgalikda bu menga qattiq tasir qildi. O'shanda men ruhan kuchli ekanimni his qilgandim. Qatardagi mundialdan keyin barchasi barbod bo'lishi mumkin edi.

Bugun bu haqida bemalol gapira olaman. Sizda bundan holat yuz bersa, psixologga murojaat qilinglar. Odamlardan bu narsani yashirish tabiiy holat. O'shanda aqldan ozib qolaman deb o'ylagandim. O'z oilamda ham psixologga boradiganlar ahmoq deb hisoblaydiganlar bor, ammo men buni o'zim uchun kashf qildim. Bu hayotimdagi eng yaxshi qaror bo'ldi", -deydi Risharlison.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
28 mar 05:46:41
SHAHZOD
Маслахат учун футболчига, шу гапини таржима килиб бергани учун эса журналистга рахмат.
   
28 mar 08:12:29
2XBET
Psixolog reklamasi ketti
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика