So’nggi yangiliklar

21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  18 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  15 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  8 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  29 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  326 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  3 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  8 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4

Jahon chempionati kubogi Toshkentda LIVE (+FOTO) Yangiliklar

Jahon chempionati kubogi Toshkentda LIVE (+FOTO)

Bugun jahon chempionati Kubogi Toshkentda bo'ladi.

Coca-Cola Trophy Tour doirasida futbol bo'yicha jahon chempionatining asosiy sovrini O'zbekiston poytaxti Toshkent shahriga keldi.


Kristian Karambyo o'zbekistonliklarga ajoyib video yo'lladi.



Kubok bilan birga yurtimizga jahon futboli yulduzi Kristian Karambyo ham tashrif buyurdi. Ularni O'FA vice prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi


Bir necha daqiqadan so'ng Xayatt mehmonxonasida mundial sovriniga bag'ishlangan matbuot-anjumani o'tkaziladi.


Bir necha daqiqalardan so'ng Xayatt mehmonxonasiga jahon chempionati Kubogini olib kelishadi va matbuot-anjumani o'tkaziladi.

Barcha kubokni kutmoqda


11:53. Diqqat. Jahon kubogi mehmonxonaga olib kelindi. 

12:01. Bir necha daqiqadan so'ng kubok maxsus qutida mehmonxona icharisiga olib kirishadi. Albatta onlayn rasmlar beriladi. 


Saytimizning Feysbukdagi sahifasida onlayn video ketmoqda ONLAYN VIDEO


Umid Ahmadjonov Coca Cola vakillari bilan suratga tushdi


Nihoyat! Kubok shu erda. Matbuot anjumanida Rustam Qurbonov, Aleksandra Akkirman (Coca Cola), Umid Ahmadjonov, Kristian Karambyo, Evgeniya Stoichkova (Coca Cola) ishtirok etishmoqda.


Umid Ahmadjonov: "Umid qilamizki O'zbekiston terma jamoasi 2022 yil Qatarda bo'ladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Qachondir terma jamoamiz ushbu kubokni yutadi va kubokni O'zbekistonda olib qolamiz".

Rustam Qurbonov: "O'zbekiston uchun Jahon kubogini qabul qilish va Jahon chempionini kutib olish juda katta sharaf. Unga qiziqish katta ekanligini ko'plab OAV vakillari bu erda ishtirok etayotganidan bilib olish mumkin".

 

Kristian Karambyo: "Barchaga xayrli kun. Jahon chempionati kubogi O'zbekistonga kelganidan xursandman. Bizni qarshi olgan barchaga rahmat aytaman. SHu o'rinda U-23 O'zbekiston terma jamoasining Osiyo chempioni bo'lgani bilan tabriklamoqchiman. O'zbekiston terma jamoasi keyingi Jahon chempionatlarida ishtirok etishiga umid qilaman. Unga omad tilayman".

Evgeniya Stoichkova: "Barchaga salom! Ushbu kubok dunyo bo'ylab sayr qilishda davom etmoqda. U Rossiyada boshlangan va dunyoning ko'plab davlatlarida bo'ladi, tur esa Rossiyada tugaydi. Ushbu kubok 6 kg sof oltindan tayyorlangan. Ushbu kubokni faqat davlat rahbarlari yoki Jahon chempioni bo'lgan futbolchilar ushlay olishadi. Coca Cola esa oddiy odamlar ham ushbu kubok bilan rasmga tushishi uchun yordam berishga qaror qilgan. Sport hayotimiz mazmuni. Bugun Toshkentda minglab muxlislar ushbu kubokni ko'rishadi. Bu unikal imkoniyat deb hisoblayman. Coca Cola 25 yildan buyon O'zbekistonda faoliyat olib kelmoqda. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman, bir kun kelib sizning ham terma jamoaingiz Jahon chempionatlarida ishtirok etishiga tilakdoshman". 


- Nima uchun aynan O'zbekiston tanlandi? 

Evgeniya Stoichkova: - Kubok oldin olib borilmagan davlatlarga olib borishni istadik. Aynan shu bois ham O'zbekiston tanlandi. 


- O'zbekiston U-23 terma jamoasini chempionlik bilan tabrikladingiz. Sizningcha bu g'alaba O'zbekistonga nima keltiradi?

Kristian Karambyo: - Ushbu chempionlik albatta yurtingizga foyda keltiradi. Yoshlar terma jamoasi kelajakda milliy terma jamoa o'zagini tashkil qiladi. Yurtingiz futboli ishonchli qo'llarda.


Matbuot anjumani yakunlandi va kubokni namoyish etish tadbiri boshlandi. 

Endi kubok muxlislar etiboriga olib boriladi. 


Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика