Izzatullohi: "Futbol - Erondagi birinchi raqamli sport turi"
11 iyu 2018 11:36
Yangiliklar


Izzatullohi: "Futbol - Erondagi birinchi raqamli sport turi"
"Amkar" va Eron terma jamoasi yarim himoyachisi Said Agaf Izzatullohining fikricha, muxlislar JCH-2018 paytida uning jamoasini bor kuchi bilan qo'llab-quvvatlaydi.
"Eronda futbol juda mashhur, xalqimiz milliy jamoa va milliy chempionat o'yinlarida stadionni to'ldirib o'tirishadi. FUtbol - mamlakatdagi birinchi raqamli sport turi.
Muxlislarimizning ovozi doimo baland eshitiladi. Stadiondan tashqarida ular o'tgan yoki navbatdagi uchrashuvlarni, shu qatorda Eron terma jamoasining jahon chempionatidagi uchrashuvlarini muhokama qilishadi. Barcha eronliklar biz Rossiyada munosib ishtirok etishimizni istamoqda" - deydi Izzatullohi.
Eron terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida Marokash, Ispaniya va Portugaliya bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar