"Izvestiya": Eldor SHomurodov "Krasnodar"ga o'tmoqda
07 iyu 2017 12:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/263149_original.jpg)
![](/upload/storage/263149_220.jpg)
"Izvestiya": Eldor SHomurodov "Krasnodar"ga o'tmoqda
Krasnodar yozda o'z hujumchisi Fedor Smolovni sotib yuborishi mumkin. Izvestiya nashri xabariga ko'ra, Krasnodar Bunyodkor va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodovga etibor qaratgan. 22 yoshli futbolchi bilan muzokaralar yakunlovchi pallaga yaqin va transfer yozda amalga oshishi mumkin.
- SHomurodov - O'zbekistoning yosh va kelajagi porloq futbolchilardan biri, - deydi Krasnodar klubidagi manba. - U ancha kuchaymoqda va yulduzga aylanishi mumkin. SHomurodovning Krasnodarga o'tishiga barcha tomonlar rozi. Hozir transfer detallari hal qilinmoqda. Eldor bu klubga o'tishiga bir qadam qoldi. Gap to'laqonli transfer haqida ketmoqda.
- Zenit va Rubin SHomurodovni 2016 yil oxirida ijaraga olmoqchi bo'lgandi, - deydi Izvestiyaga futbolchining atrofidagi insonlardan biri. - Ammo Toshkent klubi uni ijaraga bermadi. SHomurodovning o'zi ham ijaraga o'tmoqchi emasligini aytgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar