So’nggi yangiliklar

19:55Азмун БАА клубига ўтади  1 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  0 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  1 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   1 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  4 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  26 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  2 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2

Iyun oyining eng qimmat 10ta transferi Yangiliklar

Iyun oyining eng qimmat 10ta transferi

Teglar :  Transferlar
Futbol olamining transfer bozorida yurtimiz ko'chalaridanda qaynoq ob-havo hukmronlik qilmoqda.

Yozning endigina bir oyi ortda qoldi, ammo klublar transfer bozorida juda faol ishtirok etishmoqda. Hozir hamma harakatda. Kimdirlar jamoasini kuchaytirish maqsadida u yoki bu futbolchini sotib olish niyatida bo'lsa, boshqalar etakchisini qimmatroqqa pullash payida. Biz etiboringizga iyun oyida amalga oshirilgan eng qimmat transferlar Top-10ligini taqdim etamiz.

10. Kostas Manolas
"Roma"dan "Napoli"ga - 36 mln evro

28-yoshli greciyalik futbolchi "Roma"da ajoyib olti mavsumni o'tkazdi. Manolasning agenti... Ha, uning ham agenti Mino Rayola. Futbolchiga bo'lgan qiziqishni yaxshi bilardi va Kostas uchun (albatta o'zini ham xafa qildirmay), eng yaxshi variantni topib berdi. Futbolchiga qiziqqanlar orasida Madridning "Atletiko"si ham bor edi va bir qarashda aynan o'sha erda Manolas uchun ajoyib muhit kafolatlangandek edi. Lekin yakunda futbolchi A Seriya klubida qolishga qaror qildi va Karlo Anchelotti qo'l ostidagi "Napoli" safiga borib qo'shildi. Manolas faoliyatining eng yorqin davrini boshdan o'tkazmoqda va bugungi narx-navoni inobatga olsak, top-himoyachi uchun 36 mln evro unchalik katta summa emas. 

Kulibali – Manolas – Maksimovich uchligidan o'tishning o'zi bo'lmasa kerak. Kim biladi deysiz, balki bunday himoya bilan Anchelotti Skudettoga ega chiqar... Neapolliklar endi boshqa chiziqlarni ham etarlicha kuchaytirib olsalar kifoya.

9. Raul Ximenes
"Benfika"dan "Vulverxempton"ga - 38 mln evro

O'tgan yoz "bo'rilar" 28 yoshli meksikalikni ijaraga olishgan edi. APLda forvardning o'yini chinakamiga ochildi va nom chiqara boshladi. Mavsum davomida Raul 13ta gol urdi va 7ta golli uzatma etkazib berdi. Aynan Ximenes jamoa o'yinining muhim detallaridan biriga aylana oldi va natijada "Vulverxempton" sensacion tarzda 7-o'rinni egallab, Evropa Ligasi uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Rahbariyat bunday futbolchini qo'yib yubora olmasdi. Meksikalikning transferi uchun "bo'rilar" klub tarixidagi rekord summa — 38 mln evrodan voz kechishlariga to'g'ri keldi. 

8. Rodrigo Goes
"Santos"dan "Real"ga - 45 mln evro

Bu transfer o'tgan yili amalga oshirilgandi. Lekin 18 yoshli futbolchi endigina "Madrid"ga kelib qo'shildi. "Santos" tarbiyalanuvchisi uchun "qaymoqranglilar" aqlbovar qilmas summa — 45 mln evro to'lab berishdi. Bu yosh futbolchilar bo'yicha Janubiy Amerikaning eng qimmat transferi bo'lib tarixga kirdi. Boshqa tomondan kelajak uchun juda yaxshi sarmoya va u o'zini yaqin vaqtlar ichidayoq oqlashi mumkin. Braziliyalik chindan ulkan iqtidor sohibi va to'g'ri yo'lga solinsa, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishiga shubha yo'q. Har holda hozirgacha dunyoning turli OAVlari Rodrigoni turli xil ramziy terma jamoalar va sayyoramizning eng iqtidorli yosh futbolchilari qatoriga qo'shishmoqda.

Rodrigo 18 yoshda bo'lishiga qaramay, "Santos" safida 80 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi (ularning 41 tasi – Braziliya A Seriyasida) va 17 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning texnikasi kishini o'ziga maftun qiladi, yaxshi tezlikka ega va har ikki oyog'ida birdek kuchli zarba bera oladi, juda Pirlochalik bo'lmasada, maydonni yaxshi ko'radi. Asosan chap qanotda harakat qilsada, ham o'ng qanotda, ham markazda birdek foydali to'p tepa oladi. 

7. Ferlan Mendi
"Lion"dan "Real" - 48 mln evro

Marseloning "Real"dagi hayoti endi avvalgidek bo'lmaydi. "Qirollik klubi" uning poziciyasiga 24-yoshli Franciya termasi vakilini sotib olishdi. Madrid klubi chap qanot himoyasidagi raqobat chinakamiga "qirollik klubi"ga hos bo'ladi va endi hech kim Marseloga asosiy tarkibdan joy kafolatlay olmaydi. Marselo va Zinedin Zidan munosabatlari yaxshi ekanligi hech kimga sir emas. Lopetegi, Solari davrida tarkibdagi joyini Regulionga boy berayotgan Marselo franciyalik qaytgach, yana engilroq nafas ola boshlagandi. ammo aynan Zidan tufayli Mendi "Real"ga ko'chib o'tdi. Futbolchini "Barselona" ham o'z tarkibida ko'rish niyatida edi. Franciya termasi va umuman futbol dunyosi tarixiy vakillaridan biri bilan birga ishlash imkoniyati tufayli Mendi poytaxt jamoasini tanaladi.

Futbolchining taqdiri, og'ir hayoti haqida avvalroq maqola chop etgandik. Ikki yil oldin Mendi Liga 2 vakili "Gavr" sharafini himoya qilayotgan edi. Bugun esa u Franciya termasi azosi va dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri. 

6. Eder Militao
"Portu"dan "Real"ga - 50 mln evro

Agar Mendi asosiy tarkib uchun Marselo bilan raqobatlashsa, qarama-qarshi qanotda Karvaxal boshqa bir yangi futbolchi bilan raqobatda g'olib bo'lishi talab qilinadi. Madridliklar "Portu"dan 21-yoshli Edera Militaoni sotib olishdi. Braziliyalik ham qanotda, ham markazda harakat qila oladi. Bu Zidan qaytganidan so'ng ilk transfer bo'lgandi. Bu transferda ham "qaymoqranglilar" "maydalashib" o'tirishmadi va kattagina summadan voz kechishdi. Ayniqsa, Militao Evropada bor yo'g'i bir mavsum o'tkazgani, hamda "Portu" bir yil avval uni "Santos"dan bor yo'g'i 8 mln evroga xarid qilganini inobatga olsak.


Kopa Amerikaga futbolchi zaxira futbolchisi sifatida ketgan bo'lsada, chindan foydali o'yinchi. Hujumlarga qo'shilishda faol, ko'plab golli uzatmalar etkazib beradi va o'zi ham gol urishni kanda qilmaydi. 

5. Aaron Uan-Bissaka
"Kristal Pelas"dan "Manchester Yunayted"ga - 55 mln evro

21-yoshdagi Kongo Demokratik Respublikasi vakili uchun to'langan summa istalgan muxlisni karaxt qilib qo'yishi aniq. Ayniqsa, o'tgan mavsum "Kristal Pelas" o'yinlarini kuzatmagan bo'lsangiz. Futbolchini "Bavariya" ham o'z tarkibida ko'rmoqchi edi, lekin Aaron "Manchester Yunayted"ni tanladi va "qizil iblislar" "Pelas"ga 55 mln evro to'lab berishdi.

Ko'pchilik Uan-Bissaka buncha pulga arzimasligini takidlamoqda. Ha u endigina 21 yoshda, APLda bor yo'g'i ikki mavsum harakat qildi va "Manchester Yunayted" darajasida to'p tepmadi. Aaron hujumga muntazam qo'shilsada, statistik ko'rsatkichlar u bu borada unchalik ham foydali emasligini ko'rsatmoqda (klub tarkibida 46 o'yin – bitta ham gol urmagan, bor yo'g'i 4 ta golli uzatma bergan). Hattoki yoshlar terma jamoasida o'tgan Evro-2019 da asosiy tarkib uchun kurashda "SHalke" vakili Jondjoy Kenniga yutqazdi. 

4. Luka Yovich
"Ayntraxt"dan "Real"ga - 60 mln evro

"Ayntraxt" tarixidagi eng yaxshi transfer yurishlaridan biri va "Benfika" tarixidagi eng omadsiz kelishuv. Ikki yil oldin yozda lissabonliklar Luka Yovichni nemis klubiga ijaraga, ammo 7 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan berib yuborgandi. Serbiyalik futbolchi ikki mavsum yuqori darajada harakat qildi va "Ayntraxt" Germaniya Kubogida zafar quchishiga va Evropa Ligasi yarim finaliga etib borishiga katta hissa qo'shdi. Natijada may oyida "Ayntraxt" Yovichni o'sha kelishilgan 7 millionga sotib oldi va shu zahotiyoq, "Real"ga 60 mln evroga sotib yubordi. SHu o'rinda takidlash lozim, keyingi transferdan 30% "Benfika"ga nasib qildi.

Kattagina pulga sotib olinganiga qaramay, hech kim Yovichga "Real"da shohona hayot vada qilmaydi. Tarkibga kirish, muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun kurashish lozim, axir bu "Real". Luka endigina 21 yoshda. Buyog'iga ham stabil o'yin namoyish qila oladimi yoki bir-ikki mavsum o'yinchisimidi, yaqin vaqtlar ichiqda bunga javob olamiz.

3. Frenki de Yong
"Ayaks"dan "Barselona"ga - 75 mln evro

Erik ten Xag qo'l ostida "Ayaks" – o'tgan mavsum kashfiyotlaridan bo'ldi va millionlab muxlislarni chiroyli o'yini bilan xushnud etdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Frenki de Yong ushbu spektaklning asosiy figuralaridan biri bo'ldi. Odatga ko'ra, "Ayaks" iqtidorli yoshlarni tarbiyalab, futbolchilar guruhi bilan omadli mavsum o'tkazdi va top-klublar jamoa etakchilarini terib ketishdi. Eng "shirin joyi" "Barselona"ga tegdi. Kataloniyaliklar transfer borasida bahordayoq kelishib qo'yishgandi. 

"Ayaks" De Yongni "Villem II"dan 2015 yil yozida 10 mln evroga xarid qilgandi. Uch yil o'tib, amsterdamliklar uni 7.5 barobar qimmatroqqa sotib yuborishdi. SHu o'tgan davr mobaynida ten Xag "Ayaks" o'yinini De Yong atrofida qurdi. Endi Frenki "Barselona"ga foyda keltirishni boshlaydi, qiziq tomoni kataloniyaliklar va amsterdamliklar o'yin uslubi juda o'xshash va yosh yigitcha katta muammolarga duch kelmasa kerak. 

2. Lukas Ernandes
"Atletiko"dan "Bavariya"ga - 80 mln evro

Hisob-kitobda juda qattiq "Bavariya" bunday narxda futbolchi xarid qilishiga o'rganmaganmiz albatta. Lekin gap Jahon CHempioni, Madridning "Atletiko"si etakchilaridan biri va dunyoning eng kuchli chap qanot himoyachilari sirasiga kiruvchi Ernandes haqida ketmoqda. Ustiga-ustak futbolchi endigina 23 yoshda. Endi myuxenliklar himoyasi qanotlarida jahon chempionlari Ernandes va Pavar to'p tepadi. "Bavariya" tarixida rekord transfer, dunyo bo'yicha esa faqatgina bir bor himoyachi uchun bundan ko'p to'lashgan – "Liverpul" Virdjil van Deyk uchu "Sautgempton"ga 85 mln evro o'tkazib bergan.

1. Eden Azar
"CHelsi"dan "Real"ga - 100 mln evro

Albatta, kutilganidek, birinchi oyning eng qimmat transferi ham "Real"ga tegishli. Florentino Peres qayta qurish ishlarini boshlab yubordi va 300 mln evro sarflashga ulgurdi. Summaning uchdan bir qismi "CHelsi"ga Eden Azar uchun ketdi. Aynan u jamoaning yangi etakchisi bo'lishi va Krishtianu Ronalduni unutishga yordam berishi zarur. Belgiyalik futbolchi "qirollik klubi" tarixiga o'z ismini yozdirib qo'yish uchun barcha imkoniyatlarga ega. 

Takidlash lozim, ushbu 100 million evro yana 30 mln evroga o'sishi mumkin. Bu narsa Azarning va "Real"ning yangi mavsumdagi ishtirokiga bog'liq. "Lill" klubi tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida Franciya va Angliya chempioni bo'lgan, endi shu ishni Primerada takrorlamoqchi va albatta CHempionlar Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritmoqchi.

***

Ko'rib turganingizdek transfer bozorida eng faollardan biri Madridning "Real" jamoasi bo'lib turibdi. Iyun oyi yakuniga etib Mateo Kovachich (CHelsi, 35 mln evro) va Tangui Ndombele (Tottenxem, 60 mln evro) transferlari ham amalga oshdi. Oldinda Neymar va Pogba transferlari amalga oshishi kutilmoqda. Agar shu transferlar amalga oshsa, aynan ular Azarni yozning eng qimmat transferlari qatoridan siljitishi mumkin.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика