So’nggi yangiliklar

09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  2 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  7 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  29 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2

Ivan Yosovich: "Safarda ham muhim ochkolarni qo'lga kiritishimizga ishonaman" Yangiliklar

Ivan Yosovich: "Safarda ham muhim ochkolarni qo'lga kiritishimizga ishonaman"

Xabaringiz bor, Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi Coca Cola Superliganing 8-turida safarda AGMKga imkoniyatni boy berdi(1:2).

O'z maydonida hech kimni ayamayotgan qo'qonliklar nima uchundir safarda ochko olishga qiynalishmoqda. Biz bu borada jamoaning serbiyalik himoyachisi Ivan Yosovichning AGMK bilan o'tgan o'yin va bo'lajak uchrashuvlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

"Mag'lubiyatga uchraganimizga qaramasdan yaxshi o'yin namoyish qildik. AGMK jamoasi bilan tengma-teng o'ynadik. Bu borada ulardan ortda qolganimiz yo'q. Ushbu bahsda kim birinchi gol ursa o'sha jamoa g'alaba qozonardi. Hisobda ortda borayotganimizda ham o'yinni tashlab qo'ymadik. Kurash olib bordik. Afsuski, faqat bitta gol ura oldik. Raqib biz yo'l qo'ygan xatolardan foydalandi va ikkita gol urdi. 

Sakkizta tur ortda qoldi. Ha, biz uyda alo darajada to'p tepmoqdamiz. Safarda o'tgan uchta o'yinda mag'lub bo'ldik. Lekin, hali oldinda yanada qiyin bo'lgan bellashuvlar kutib turibdi. Safarda ham muhim ochkolarni qo'lga kiritishimizga ishonaman. Endi barchasini unutib, xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib "Nasaf" bilan o'yinni o'ylashimiz kerak. Birinchi galda o'z maydonimizda bo'lib o'tadigan "Nasaf" va "Paxtakor" bilan kechadigan uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz shart. Agarda mazkur o'yinlarda uch ochko qo'lga kiritsak yaxshi kayfiyat bilan safarda "Lokomotiv" bilan kuch sinashishimiz mumkin bo'ladi. Muhimi jamoamiz ahil",- deydi Ivan Yosovich.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика