So’nggi yangiliklar

14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  1 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  7 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2

Ivan Boshkovich: “Safarda kuchli raqibni mag'lub etish yoqimli, lekin maydon holati o'yin sifatiga tasir ko'rsatdi” Yangiliklar

Ivan Boshkovich: “Safarda kuchli raqibni mag'lub etish yoqimli, lekin maydon holati o'yin sifatiga tasir ko'rsatdi”

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Navbahor” - “So'g'diyona” (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham qiyinchiliklarga duch keldi. Maydon holati ham futbol o'ynash uchun juda qulay emasdi. Havodan kelgan to'plarni ustunlikka erishishga intildik. Yovovich jamoa uchun muhim futbolchi ekanini isbotladi. Himoyada yaxshi o'ynadik deb ayta olaman. Safarda kuchli raqibni mag'lub etish yoqimli. “Navbahor” jamoasiga O'zbekiston kubogi final uchrashuvida omad tilayman.

- Yirik hisobda g'alaba qozongan ekansiz, “Navbahor” o'yinida qanday kamchiliklarni ko'rdingiz?

- “Navbahor” kuchli jamoa. Ushbu mavsum bizni mag'lub etgan o'yinlar ham bo'ldi. Men muammoni jamoa maydoni sifatida ko'rayapman. Maydon holatining ideal emasligi jamoa o'yini sifatiga tasir ko'rsatmasdan qolmaydi. 

- Samvel Babayan boshqargan “Navbahor” va Sergey Lushchan boshqarayotgan “Navbahor”ni taqqoslasak, qaysi murabbiy qo'l ostidagi jamoa sizga ko'proq qiyinchilik tug'dirgan?

- Statistika bu savolingizga javob beradi. Aytib o'tganimdek, maydon holati ham o'yin sifatiga tasir ko'rsatadi. “Navbahor” har doim agressiv futbol namoyish etadigan klub. Aytishim mumkin, bugun va O'zbekiston kubogi doirasidagi o'yinlarda farq sezildi. Har bir jamoaning o'z uslubi bor. Birinchi bo'limda “Navbahor” juda kuchli o'yin namoyish etdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика