So’nggi yangiliklar

08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  0 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  6 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  29 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40

Ivan Boshkovich "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng: "CHempionatimiz shunday, zaif jamoaning o'zi yo'q. Barcha istalgan raqibini yutishi mumkin" Yangiliklar

Ivan Boshkovich "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng: "CHempionatimiz shunday, zaif jamoaning o'zi yo'q. Barcha istalgan raqibini yutishi mumkin"

O'zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Paxtakor" - "So'g'diyona" (2:3) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"O'yin juda qiziqarli o'tdi. Beshta gol va ko'plab vaziyatlar sodir etildi. Uzoq kutilgan g'alabaga erishdik. Jamoam va futbolchilarimga ishonaman, ular bugun yaxshi harakat qilishdi. Yigitlar o'yin davomida taktik jihatdan o'zgarishlar qilgan holda yaxshi to'p tepishdi va goldan so'ng o'zlariga kelgan holda xarakter ko'rsatishdi. Raqib bizga eng yaxshi o'ynimizni namoyish etishga imkon bermadi, ammo g'alabaga erisha oldik", — deya so'z boshladi Boshkovich.

— Jamoaga joriy mavsumda stabillik etishmayapti...

— Qanday nostabillik haqida gapiryapsiz? Biz bittagina o'yinda Superligaga etakchisiga 1-2 hisobida mag'lubiyatga uchradik. Nostabillik ko'rmayapman. O'yinni kuchaytirishimiz kerak, natijaning o'zi keladi.

— Bugun jamoangizning ikki qanoti juda faol o'ynadi. Bu "Paxtakor"ga qarshi o'yinga qo'yilgan taktikami yoki har bir bahsda shunday holatni ko'ramizmi?

— Taktika boshqa, o'yinchilar sifati boshqa. Doriev va Yovovichlar juda kuchli o'yinchilardir, ular sifatli dribling qila olishadi va birga-bir vaziyatlarni yaxshi yakunlashadi. Umuman olganda turlicha o'ynashga harakat qilamiz. Bundan tashqari bugun yosh o'yinchilarni tushirdik. Masalan, Otabek Ahadov, bu uning uchun ilk o'yin bo'ldi. SHuningdek, Xondamir Mustafoqulov... Mavlonqulov, Sindarov, Fozilov. Ular ham Superligada o'ynashmagan. Yosh o'yinchilar eplashmoqda, ammo kattalar va ular o'rtasi balans topganmiz.

— "Lokomotiv" ham "Paxtakor"ga qarshi faol o'ynashdan qo'rqmadi va o'yinni yutdi. "So'g'diyona" bilan ham shunday bo'ldi. Nima deb o'ylaysiz, jamoalar "Paxtakor"ga qarshi qo'rqmay o'ynashni boshlashdimi yoki bu "sherlar"ning tarkibi kuchaygani sababmi?

— Zamonaviy futbolda kimdir ham o'ynab, ham qo'rqishini bilmayman. Siz buni qanday ko'rasiz, bilmayman. Har bir jamoa raqibiga qarshi o'yin oldidan uni tahlil qiladi va shunga mos taktika tanlaydi. Bugun men yaxshi "Paxtakor"ni ko'rdim. CHempionatimiz shunday, zaif jamoaning o'zi yo'q. Barcha istalgan raqibini yutishi mumkin. Bu O'zbekiston futboli uchun foyda. "Paxtakor"ga kelsak, ular doim O'zbekiston chempionligi uchun davogar bo'lishadi. Ularda katta muammolarni ko'rmayapman, klubda terma jamoa futbolchilari va yosh o'yinchilar bor.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика