So’nggi yangiliklar

03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  116 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  1 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  1 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  2 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  7 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  3 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  96 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  46 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4

Ivan Boshkovich: "Bunyodkor" men kutgandan ancha yaxshi o'ynadi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bunyodkor" men kutgandan ancha yaxshi o'ynadi"

Coca Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.



- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- O'zingiz ko'rdingiz, o'yin jangovar ruhda o'tdi. Birinchi taymda ancha chiroyli futbol ko'rdik. To'g'risini aytsam, "Bunyodkor" men kutgandan ancha yaxshi o'ynadi. Ular to'pni nazorat qilishdi. Men "Bunyodkor"ning kuchsiz taraflarini bilaman va "qaldirg'ochlar" tarkibidagi futbolchilarni ham yaxshi taniyman. Birinchi gol urib olganimiz bizga ancha katta foyda bo'ldi. Sifatli o'yin namoyish etib, g'alaba qozondik. "Bunyodkor"ga omad tilayman.

- O'zingizning eski jamoangizni mag'lub etdingiz. Bu uchrashuv siz uchun principial ahamiyatga egamidi?

- Oddiy o'yindek o'tdi. O'yinga qadar ko'pchilik shu narsani eslatdi, lekin men har doimgi o'yindek tayyorgarlik ko'rdim. Albatta, uch yil ishlagan jamoamga qarshi o'ynash g'alati bo'ldi, biroz boshqacha emociyalarni his qildim. "Bunyodkor" o'yinlarini kuzatib boraman va ularga muxlislik qilaman.

- Yangi futbolchilarning o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Transferlar oynasida ko'proq yosh futbolchilar bilan shartnoma imzoladik va bitta legionerni o'z safimizga qo'shib oldik. Ikki nafar futbolchi esa ijara asosida. Yosh futbolchilar o'sishga erisha oladi va kelajakda "So'g'diyona"ga ko'p yordam berishadi.

- Lupche Dorievning o'yinini qanday baholaysiz. U birinchi taymda ancha faol edi, lekin ikkinchi taymda biroz charchab qolgandek.

- Men u futbolchini yanvardan beri kuzatib bormoqdaman. Lupche bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladik. Unga ishonaman va adaptaciya jarayonidan o'tib olganidan so'ng, u o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatadi degan umiddaman.

- CHernogoriyalik legioner "So'g'diyona"ga kelishidan avval CHernogoriyaning ikkinchi divizionidagi klubda o'ynagan va uning sobiq klubi ushbu mavsum uchinchi divizioniga tushib ketdi. Jamoaga yarim professional futbolchini qo'shib olishdan maqsadingiz nima?

- U mening tarbiyalanuvchim va men uni kelajak uchun jamoaga qo'shib oldim. U hali yosh va kelajakda "So'g'diyona"da o'ynab keta oladi.

- Transferlar oynasida siz istagan barcha poziciyalar kuchaytirildimi?

- Ha, men futbolchilar bilan ishlashni yoqtiraman. Mening futbol uslubimga mos tushadigan futbolchilarni qidiraman. Biz qo'yib yuborgan to'rtta futbolchi jamoa uslubiga mos tushmasligi sabab jamoani tark etishdi. Yangi futbolchilarni ham shu sababdan jamoaga olib keldik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика