So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

Ivan Boshkovich: "Bugungi zaxiradan maydonga tushgan barcha futbolchilar o'yinni kuchaytirishdi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bugungi zaxiradan maydonga tushgan barcha futbolchilar o'yinni kuchaytirishdi"

Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Turon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Bugun ikkita gol urib, haqli ravishda g'alaba qozondik. Hamma yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman.

- Zenan Zaymovich siz kelguningizga qadar gollar urmayotgandi, siz kelgandan keyin esa mana dubl qayd etdi. Zaymovich haqidagi fikringiz?

- Hamma futbolchilarda forma bo'ladi. Har doim ham bir xil o'ynab bo'lmaydi. Biz murabbiylar barcha futbolchilarga yordam berish va o'z darajalarida o'ynay olishlarida ko'maklashish uchun shu erdamiz. Bizdagi barcha o'yinchilar juda yuqori darajagi futbolchilardir. Oldin ham buni aytganman. Barcha murabbiylar shtabi azolari bu kabi o'yinchilar bilan ishlashdan zavq olishyapti. Menimcha, biz bundan ham yaxshiroq bo'la olamiz. To'xtab qolish kerak emas. 

- Bu o'yindagi tarkibni keyingi o'yinda ham saqlab qolasizmi?

- Bugungi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan barcha futbolchilar o'yinni kuchaytirishdi. Hamma o'yinchilarim men uchun juda muhim. Har doim qaytaraman, barcha o'yinchilarda maydonga tushishga imkoniyat bor. Zaxiradan maydonga tushayotgan har bir futbolchi o'yinni kuchaytirishi lozimligini bilishi kerak. Men uchun barcha o'yinchilarim asosiy 11 talik tarkib uchun nomzod hisoblanishadi. Men murabbiy sifatida kim maydonga tushsa ham, o'yin uslubi o'zgarmasdan qolishini istayman. Kim zaxiradan o'yinga qo'shilsa ham jamoa o'yini yaxshiroq tomonga o'zgarishi kerak.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика