So’nggi yangiliklar

08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  0 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0

Italiyaning tarixiy birinchi chempioni. "Jenoa" haqida yana nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

Italiyaning tarixiy birinchi chempioni. "Jenoa" haqida yana nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov Italiyaning "Jenoa" klubi bilan shartnoma tuzadi.

Xo'sh, "Jenoa" klubi qachon paydo bo'lgan? Uning o'tmishi qanday bo'lgan? U qaysi stadionda o'ynaydi? SHu kabi savollarga javobni quyida topishingiz mumkin.

Klubning yaratilish tarixi

"Jenoa" (to'liq nomi "Jenoa Kriket va Futbol klubi") Genuya shahrining shonli tarixga ega klubidir. Klub 1893 yilning 7 sentyabr kuni tashkil topgan. Italiyaning to'rtinchi tarixiy klubi. Hozirgacha faoliyat yuritayotgan klublar ichida esa eng qadimiysi. CHempionlik tituli bo'yicha to'rtinchi o'rinda turuvchi ushbu klub dastlab engil atletika va kriket sport turi bo'yicha faoliyat olib borgan. To'rt yildan so'ng, yani 1897 yilda futbol klubi sifatida faoliyat boshlagan.

"Jenoa" futbol klubi 1898 yilda ilk Italiya chempionatida qatnashadi. Birinchi musobaqaning o'zida "Jenoa" Italiya chempionatining tarixdagi birinchi chempioniga aylanadi va 1900 yilgacha ketma ket uch marta bu maqomni saqlab qoladi. Klubning shonli va sovrinlarga boy tarixi shu tariqa boshlanadi. Genuyaliklar o'z tarixida to'qqiz marta Italiya chempioni bo'lishgan, bu ko'rsatkich bo'yicha jamoa to'rtinchi o'rinda turadi.



Jamoaning ramzlari va laqablari

"Jenoa" klubi dastlab oq va ko'k chiziqli liboslarda maydonga tushgan. Genuya shahri dengiz bag'ridagi port shaharligini takidlab o'tish lozim. Ko'k rang ana shu dengiz ramzi hisoblanadi. 1901 yilga kelib klub o'zining mashhur qizil va ko'k rangli liboslarda o'ynashni boshlaydi. Bu jamoaga "Kalyari", "Boloniya" klublari kabi "rossoblyu" yani "qizil-ko'klar" laqabini olib keladi. Genuyaliklarni "the Griffin" yani "Grifon"lar, qadimgi afsonaviy mahluqning nomi bilan ham atashadi. Bu mahluq Genuya shahrining gerbida va jamoa logosida ham tasvirlangan.



Jamoa raqobatchilari va muxlislari


Jamoa muhlislari alohida mavzu. Jamoaning asosiy muhlislari Liguriya viloyati aholisi. SHunga qaramay qo'shni provinciyalardan ham anchagina odam "Jenoa"ga muhlislik qiladi. Barselona, Tokio, Amsterdam, Nyu-York shaharlarida jamoa muxlislari fan-klubi tashkil qilishgan. Bu mavsumdan ular safiga millionlab o'zbekistonlik muhlislar ham qo'shilgani tabiiy.

Eng shiddatli va tarixiy qarama-qarshilik bu hamshaharlar "Jenoa" va "Sampdoriya" jamoalari va ularning muxlislari o'rtasidagi kurashdir. Jamolarning o'zaro uchrashuvi "Mayoq derbisi" deb nom oladi. Bu bahsni huddi shahar markazidagi mayoq uchun kurashdek tassavvur qilishimiz mumkin. "Jenoa" muxlislari "Milan" klubi fanatlarini umuman hushlashmaydi. Bu nafratning kelib chiqish tarixi 1995 yilning yanvar oyiga to'g'ri keladi. Ikki jamoa muxlislari o'rtasidagi ziddiyat oqibatida "Jenoa" muxlisi Vinsento Spanyalo va "Milan" muxlisi Simone Barbaliyaning halok bo'lishgandi. Bu voqeaga sababchi guruh o'sha paytdagi o'yinlarga sovuq qurol olib kirish bilan shug'ullangan "Barburlar" guruhi bo'lgan.

"Milan" bilan farqli ravishda, genuyaliklar "Napoli" jamoasi bilan do'stona aloqada. 2006-2007 yilgi mavsum oxirgi "Jenoa" "Napoli" o'yinida genuyaliklar "Xush kelibsiz, neapollik do'stlar" degan banner ko'tarishgandi. O'yindan so'ng durang natijani ikki jamoa muxlislari o'zaro nishonlashgan. Bunaqasi Italiyada kamdan-kam kuzatiladi.



Stadion

Klub "Luidji Ferraris" nomli stadionda o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadi. Bu stadion "Marassi" nomi bilan ham mashhur. Stadion 36 536 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi. 1911 yilda qurilgan bu stadion 1933 yilgacha "Marassi" deya atalgan. Keyinchalik stadion jamoa sardori va Birinchi jahon urushi qahramoni Luidji Ferraris xotirasiga qayta nomlangan.



Klub tarixidagi qora kunlar


Birinchi jahon urushidan so'ng klub uzoq muddatli tiklanish jarayonini boshidan o'tkazadi, sababi klubning bir necha futbolchilari urushda xalok bo'lishgan edi. Uzoq tanaffusdan keyin, klub 1922-1923 yilgi musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritadi. SHundan so'ng, klubda biroz pasayish bo'ldi. 1929-1930 yildagina klub kumush medallarga bilan cheklandi. Keyinchalik bir bor bronza medalga ega chiqadi. Klub pasayishda davom etadi va "B seriya"ga tushib ketadi. Ikkinchi jahon urushi klubga yanada og'ir keldi. SHu qadar og'ir kelganidan, buyog'iga chempionlik haqida faqat orzu qilsa bo'lardi. O'tgan asrning ikkinchi yarmi ham klubga unchalik omadli kelmadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va klub rahbariyatining muntazam o'zgarishi jamoani quyi divizion jamoasiga aylantirib qo'yadi. Klub deyarli kasod bo'lgan edi.

Yangi davr

Jamoaning qayta uyg'onishi Jan Pero Gasperinining klubga kelishi bilan boshlanadi. 2006 yilda "Jenoa"ga kelgan murabbiy jamoani elitaga qaytaradi. A Seriyaning birinchi mavsumidayoq Gasperini klub bilan kuchli o'nlikka kiradi. 2008-2009 yilgi mavsumda klubga hujumchi Diego Milito qaytadi va jamoa 5-o'rinni egallaydi. Klub Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etib, "Valensiya", "Lill" va "Slaviya" bilan bir guruhda 7 ochko bilan 3-o'rinni egallaydi. "Jenoa" o'sha mavsum chempionlar ligasiga ham chiqishi mumkin edi, ammo o'sha mavsum oxiridagi kutilmagan mag'lubiyatlar sabab jamoa buni uddalay olmaydi. SHundan so'ng, Milito va Motta kabi jamoa etakchilari boshqa jamoalarga yo'l olishadi. Klub 2011-2012 va 2012-2013 yillarda "B seriya" tushib ketishga bir bahya qolib, 17-o'rinni egallaydi. 2014-2015-yilgi chempionatda "Jenoa" 6-o'rinni egallab Evropa Ligasiga yo'llanma oladi, biroq hujjatlardagi kamchilik va stadion UEFA talablariga javob bermaganligi sababli klub turnirda qatnasha olmaydi. Oxirgi ikki mavsumda ham "Jenoa" bir xil 17-o'rinni egalladi va A seriyada jon saqlab qolishni bir amallab uddalab kelmoqda.



Bosh murabbiy

57 yoshli italiyalik murabbiy Rolando Maran shu yil 26 avgust kuni "Jenoa" bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Maran futbolchilik vaqtida himoyachi bo'lgan hamda "Benachenze Riva", "Kevo", "Valdano", "Karrareze" va "Fano" kabi klublarda to'p tepgan. "Kevo" safida 9 mavsum to'p tepgan va bir qator o'yinlarda jamoa sardori ham bo'lgan. 1997 yil futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Rolando Maran murabbiylik faoliyatini ham aynan "Kevo" safida boshlagan va Silvio Baldiniga yordamchi bo'lgan. Keyin "Breshia" va "CHittadella" yoshlar jamoalarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan Maran 2002 yilda "CHittadella" asosiy tarkib jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. SHu kunga qadar u "Breshia", "Bari", "Triestina", "Vichenca", "Vareze", "Kataniya", "Kevo", "Kalyari" kabi klublarda ishladi. Maran 2012 yildan buyon Italiya A seriyasida bosh murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.


Jamoa yulduzlari

"Jenoa" safida bir qator mashhur futbolchilar to'p tepishmoqda. Makedoniyalik Goran Pandev, shveycariyalik Valon Behrami, xorvatiyalik Marko Pyaca va Milan Badel, kolumbiyalik Kristian Sapata, daniyalik Lasso SHone, italiyalik Domeniko Krishito, Davide Dzappakosta, Federiko Marketti, Mattia Perin, Mattia Destro, Stefano Sturaro kabi futbolchilar sizu-bizga yaxshi tanish. "Jenoa" boshqa klublardan futbolchilarni ijaraga olishni yoqtiradi. Ayni paytda klub safida 11 nafar futbolchi ijara asosida to'p tepmoqda.




Jalolxon Inog'omxo'jaev tayyorladi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика