Italiyaning so'nggi 15 golini 15 futbolchi kiritdi
24 mar 2019 10:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/485221_original.jpg)
![](/upload/storage/485221_220.jpg)
Italiyaning so'nggi 15 golini 15 futbolchi kiritdi
Evro-2020 saralashi doirasida Italiya termasi Nikolo Barelya va Moyze Kinning gollari evaziga Finlyandiya termasini mag'lub etdi.
Qizig'i shundaki, "skuadra adzurra"ning so'nggi 15 golini 15 nafar futbolchilar kiritdi.
2017 yilning iyunida Lixtenshteyn (5:0) mag'lub etilganidan keyin to kechagi kunga qadar Matteo Politano, Kristiano Biragi, Federiko Bernardeski, Jorjino, Simone Dzadza, Leonardo Bonuchchi, Andrea Belotti, Mario Balotelli, Lorenco Insine, Antonio Kandreva, Jorjo Kellini, CHiro Immobile va Manolo Gabbyadini kabi futbolchilar terma tarkibi gollar kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar