So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  2 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  3 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  5 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  18

Italiyalik oficer - Klaudio Raneri! Yangiliklar

Italiyalik oficer - Klaudio Raneri!

Bugun o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan italiyalik taniqli murabbiy Klaudio Raneri haqida malumotlar berib o'tishga qaror qildik.


Klaudio Raneri - 1951 yilning 20 oktyabrida Italiyaning Rim shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida himoya chizig'ida o'ynagan. Ayni paytda Angliyaning "Lester" jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.


Futbolchilik faoliyati

Klaudio 2 ta mavsumda 6 ta o'yin o'tkazgan bo'lsada, Roma futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik Katandzaro, Kataniya va Palermo kabi jamoalarda o'ynagan. Afsuski, qahramonimiz ushbu klublar safida muvaffaqiyatga erisha olmagan.


Murabbiylik faoliyati

Uning murabbiylik faoliyatidagi ilk jamoasi "Puteolana" bo'lgan. Lekin, murabbiy sifatida "Kalyari"da o'zini namoyon eta olgan. U jamoani S Seriyadan A Seriyaga olib chiqa olgan va "Kalyari"ni yuqori divizionning muntazam ishtirokchilaridan biriga aylantirgan.

1991 yilda u "Napoli"ga o'tadi va ilk mavsumdayoq jamoani evrokuboklarga olib chiqadi. Biroq, kelasi mavsumda jamoaning natijalari yomonlashib ketadi va murabbiy klubni sovrinsiz tark etishga majbur bo'ladi. 1993 yilda esa Raneri B Seriya ishtirokchisi "Fiorentina" bosh murabbiyiga aylanadi. Dastlabki mavsumdayoq jamoa A Seriyaga qaytadi. 1996 yilda esa Italiya Kubogi va Superkubogi qo'lga kiritiladi. Bu albatta 1975 yildan beri hech qanday sovrin yutmagan "Fiorentina" uchun ajoyib natija edi.



1997-99 yillar davomida esa Ispaniyaning "Valensiya" jamoasida ishlaydi. Bu vaqt oralig'ida u klub bilan CHempionlar Ligasida o'ynaydi, Ispaniya kubogi g'olibiga aylanadi. "Ko'rshapalaklar" safidagi muvaffaqiyatli faoliyatdan so'ng Ispaniyaning boshqa bir klubi "Atletiko"ga ko'chib o'tadi. Biroq, u erda murabbiyning ishlari ko'ngildagidek bo'lmaydi.

2000 yilda esa Londonning "CHelsi" jamoasiga ko'chib o'tadi. U "aristokratlar" safida 4 yil faoliyat olib borgan bo'lsa, jamoani APLning ikkinchi pog'onasiga olib chiqa olgan. Bundan tashqari ECHLning yarim finaliga etib borgan. SHuningdek, Angliya Kubogi finalida ishtirok etgan. Ushbu natijalarga qaramay, u klub xo'jayini Roman Abramovich tomonidan istefoga chiqariladi. "CHelsi" Joze Mourino boshchiligida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan bo'lsada, ushbu yutuqlarga tamaltoshni aynan Raneri qo'yib ketgandi.



2004 yilning yozida u "Valensiya"ga qaytadi. Jamoa bilan UEFA Superkubogi sohibiga aylanadi. Ammo, shundan so'ng yana muvaffaqiyatsiz natijalar boshlanadi va murabbiy muddatidan oldin istefoga chiqariladi. SHundan so'ng u faoliyatida ikki yillik tanaffusga chiqadi.

2007 yilning fevralida yana murabbiylikka qaytgan Raneri "Parma" boshqaruvini qo'liga oladi. Keyinroq esa, A Seriyaga qaytgan "Yuventus"da ish boshlaydi. Uning qo'l ostida turinliklar chempionatda uchinchi o'rinni qo'lga kiritadilar va ECHLga yo'llanma oladilar. 2008/09 yilgi mavsumda esa "Yuventus" bir tekis o'yin namoyish eta olmaydi va natijada tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinadi.

2009 yilning 2 sentyabrida u "Roma" bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Kelasi mavsumda "Roma" A Seriyada ikkinchi o'rin sohibiga aylanadi. SHuningdek, Italiya kubogi finaligacha etib boradi. 2010 yilning iyunida esa klub bilan shartnomani 2013 yilgacha uzaytiradi. 2011 yilning 20 fevralida esa "Roma" 3:0 hisobida "Jenoa" ustidan g'alaba qozonayotib, 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yadi. Ushbu o'yindan so'ng murabbiy istefo so'raydi. Ertasiga esa rahbariyat va murabbiy o'rtasidagi o'zaro kelishuvga muvofiq shartnoma bekor qilinadi.

2011 yilning 22 sentyabrida esa "Inter" bosh murabbiyiga aylanadi va klub bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Bir muddat milanliklarning natijalari yaxshilanadi, lekin baribir Raneri "Inter"ni inqirozdan olib chiqib keta olmaydi. 2012 yilning 26 martida "Yuventus"ga uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng "Inter" Ranerining istefosi haqida elon qildi.

2012 yilning may oyida esa u Franciya ikkinchi ligasi ishtirokchisi "Monako" bosh murabbiyiga aylanadi va ilk mavsumidayoq klub bilan yuqori divizionga yo'llanma oladi. Kelasi mavsumda esa Franciya vice-chempioniga aylanadi. 2014 yilning mayida esa jamoani tark etadi.

2014 yilning 25 iyulida esa Klaudio Raneri ilk marotaba terma jamoada ish boshlaydi. Greciya terma jamoasidagi faoliyat italiyalik murabbiy uchun omadsiz keldi. Evro-2016 saralashi doirasidagi 4 ta o'yindan so'ng 1 ochko ishlagan murabbiy 15 noyabrda istefoga chiqarilgan.

2015 yilning 13 iyulida esa Angliyaga qaytgan Raneri "Lester"da ish boshlaydi. Murabbiy qo'l ostida jamoa kutilmaganda etakchilar qatoriga qo'shilib oladi va birinchi davrani ikkinchi o'rinda yakunlaydi. 23-turdan boshlab esa "Lester" turnir peshqadamiga aylanib oladi. 2016 yilning 2 mayida esa jamoaning asosiy taqibchisi "Tottenxem" "CHelsi"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotadi va "Lester" muddatidan oldin Angliya Premer-Ligasi chempionligini qo'lga kiritadi. Bu haqiqiy sensaciya edi. Navbatdagi mavsum boshlanishidan oldin esa klub murabbiy bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytiradi.





Natijalari:

Futbolchi sifatida:

"Palermo"

S Seriya chempioni: 1984/85


Murabbiy sifatida:

"Kalyari"

S Seriya kubogi sohibi: 1988/89


"Fiorentina"

B Seriya chempioni: 1993/94

Italiya kubogi sohibi: 1995/96

Italiya Superkubogi sohibi: 1996


"Valensiya"

Ispaniya kubogi: 1998/99

Intertoto kubogi: 1998

UEFA superkubogi sohibi: 2004


"Monako"

Liga 2 g'olibi: 2012/13


"Lester"

Angliya chempioni: 2015/16


SHahsiy yutuqlari:

APLda yil murabbiyi: 2015/16

"Italiya Respublikasi oldidagi hizmatlari uchun" III darajali ordeni ("Buyuk oficer"): 2016


Vikipedia malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика