So’nggi yangiliklar

17:13“Хоразм” мураббийи Сергей Токов: “Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири”  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  5 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

Italiyalik jurnalist SHomurodovning kelajagi haqida malumot berdi Yangiliklar

Italiyalik jurnalist SHomurodovning kelajagi haqida malumot berdi

O'tgan mavsumni "Kalyari"da ijara asosida o'tkazgan hujumchi Eldor SHomurodov tez orada "Roma"ga qaytadi.

Biz O'zbekiston MTJ hujumchisining kelajagi haqida kalyarilik taniqli jurnalist Elia Serro bilan kichik suhbat uyushtirdik.


— Eldorning "Kalyari"dagi mavsumini qanday baholaysiz?

— Mavsum boshida bir qator muammolari bor edi. Yaxshi formada emasdi, sababi "Speciya" va "Roma"da kam o'ynagandi, shuningdek oyoq jarohati ham katta muammo edi. U mavsumning ikkinchi qismida 3ta gol va 3ta assist qayd etgan holda "Kalyari" ligada qolishida juda muhim rol o'ynadi. Umuman olganda bu o'yinchi uchun muvaffaqiyatli mavsum deb o'ylayman.

— Uning zaif va kuchli tomonlari haqida nima deya olasiz?

— SHubhasiz, uning kuchi to'psiz katta ish ko'lamini bajarishidadir. U to'p bilan ham yaxshi o'ynaydi, ammo uning bosim uyushtirishi va kurashishi ajoyib. SHuningdek, u to'psiz harakat qilganda sheriklari uchun vaziyatlar yaratadi. Salbiy jihatlariga kelsak, unga nostabil jismoniy formasini kiritgan bo'lardim. U yig'ilib qolgan jarohatlar sabab butun o'yinda turib bera olishi qiyin.

— Nima deb o'ylaysiz, u "Kalyari"da qolishi mumkinmi?

— Uning kelasi mavsumni "Kalyari"da o'tkazishiga ishonchim komil emas. Klubda xarid qilish huquqi bor, ammo 9 million evro evaziga. Klubda bunday pullar bor deya olmayman. "Kalyari" "Roma" bilan yangi ijara yoki xarid qilish narxini tushirishga urinib ko'rishi mumkin. Gap Eldorning sifatida emas, klubning moliyaviy holatida, — dedi jurnalist.


Forvard o'tgan mavsum "Kalyari" safida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика