So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  10 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Italiyadagi "ajoyib ettilik" haqida Yangiliklar

Italiyadagi "ajoyib ettilik" haqida

Teglar :  Italiya U-20
Xabaringiz bor, Italiya U-20 terma jamoasi Jahon CHempionati yarim finalida Ukraina termasi bilan to'qnash keladi.

Italiyaning mashhur nashrlaridan biri "GdS" transfer oynasidagi vaziyat qizg'in tusga kirayotgan bir pallada, Paolo Nikolato jamoasining asosiy futbolchilari haqidagi "ajoyib ettilik" nomli material chop etdi.

Andrea Pinamonti
Markaziy hujumchi

"Frozinone" tarkibida chempionatda 5 ta gol urdi va hali JCH tugamay, ushbu musobaqada 4 bor raqib darvozasiga yo'l topa oldi. Futbolchining transfer huquqi "Inter"ga tegishli. A Plan "neradzurri" – futbolchini ijaraga berib yuboradi. B Plan – qaytib sotib olish huquqi bilan sotib yuboradi. Mundialdan so'ng, U-21 Evropa CHempionatiga ketadi.

Davide Frattezi
Markaziy yarim himoyachi

O'tgan mavsum ijara asosida B Seriya vakili "Askoli" tarkibida to'p tepdi (32 o'yin), lekin musobaqadagi o'yinlar ko'rsatmoqdaki, futbolchi elitada to'p tepishga tayyor. Transfer huquqi "Sassuolo"ga tegishli, ammo "Roma" 2019 yil yozda 12 mln evroga, yoki 2020 yil yozida 18 mln evaziga sotib olishi mumkinligi haqida punk bor. "Rome" jamoaning bosh murabbiyi va uning yordamchilari bilan bog'liq masalani hal etgach, transfer bozoridagi ishlarga kirishadi. Biroq, malumotlarga qaraganda Frattezini klub vakillari muntazam kuzatib borishmoqda va kim biladi deysiz, balki, futbolchi tez orada Rimga qaytarilar.

Janluka Skamakka
Markaziy hujumchi

Yanvar oyidan buyon "Sassuolo"ning yoshlar jamoasi tarkibida bor yo'g'i 5 uchrashuvda maydonga tushdi. Jahon CHempionatiga qadar unga unchalik etibor berilmayotgandi, lekin bugungi kunga kelib, futbolchining transfer narxi sezilarli darajada o'sdi. Ammo "Sassuolo" uni sotishni istaydimi yoki yo'q, hozircha malum emas.

Alessandro Pliccari
Darvozabon

"Milan" darvozaboni haqida nima desak bo'ladi? Uning jamoa natijalaridagi ulushini faqatgina qaytarilgan ikki penalti bilan chegaralab qo'ysak xato bo'ladi. U o'z jarima maydonchasi ichida o'ta ishonchli harakat qilib, barchasini o'z qo'lida ushlab turibdi va bu orqali jamoadoshlariga qo'shimcha ishonch bag'ishlamoqda. Kutilmagan holat... Sababi, o'tgan mavsum kiper uchun asosan faqatgina mashg'ulotlardan iborat bo'ldi. Faqatgina mavsum so'nggida yoshlar jamoasi darvozasiga qaytgandi. Bir oy avval "Milan" futbolchi bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi. Endi voqealar ikki yo'nalishda rivojlanishi mumkin: yoki "Milan"dagilar unga ishonishmoqda va yaqin kelajakda asosiy uni jamoada ko'ramiz, yoki qimmatroqqa sotib yuborishmoqchi.

Enriko Del Prato
Markaziy himoyachi/yarim himoyachi

Terma jamoada markaziy himoyada, klubda esa yarim himoyada harakat qiladi. Betella jamoasi B Seriya pley-off bosqichida ishtirok etgani sabab, jamoaga keyinroq qo'shildi. Bu esa Enrikoga qo'l keldi va u asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. A Seriyada hali maydonga tushmagan, lekin mavsumni chempionlik bilan yakunlagan "Atalanta" yoshlar jamoasining muhim o'yinchisi bo'lgan. "Atalanta"da futbolchini ijaraga berib yuborish haqida bosh qotirishmoqda. 

Luka Pellegrini
CHap qanot himoyachisi

"Roma" futbolchini o'tgan mavsum davomida "Kalyariya" ijaraga yuborgandi. Pellegrini asosiy tarkib futbolchisiga aylandi (12 o'yin) va agar Kolarov rimliklar safini tark etsa, Luka "Roma" asosiy tarkibi uchun kurashib ko'rishi mumkin.

Luka Raneri
CHap/markaziy himoyachi

O'yin sxemasi 4-3-1-2 dan uch himoyachi harakat qiluvchi sxemaga o'tilishidan eng ko'p foyda ko'rgan futbolchilardan biri). O'tgan mavsumni "Fodja"da (29 o'yin) o'tkazdi. Transfer huquqi "Fiorentina"ga tegishli. Klubning yangi rahbari Rokko Kommisso yosh futbolchi haqida eshitmagan bo'lsa ajabmas, lekin yonidagilardan kimdir shu bola asosiy jamoada o'ynashga tayyor ekanligini aytishi kerak.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика