Italiyada yangi yil oldi bayrami: Milan “derbi”si yoxud 17-tur prevyusi
21 dek 2013 15:08
Yangiliklar

Italiyada yangi yil oldi bayrami: Milan “derbi”si yoxud 17-tur prevyusi
“A” seriyaning 17-turida birinchi davraning eng muhim uchrashuvlaridan biri bo'lib o'tadi.
“Inter” “Juzeppe Meacca”da hamshahri “Milan”ni qabul qiladi. Bu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv hamisha keskin, asabiy va shiddatli kechishi malum. Etiboringizga 17-tur prevyusini taqdim etamiz.
21 dekabr, shanba
22:00. LIVORNO – UDINEZE
Taxmin – 1:2
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Pichchini, De Luchiya – Benussi, Ranegi, Muriel.
Davide Nikoli boshqarayotgan “Livorno” oxirgi turlardagi muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin jadvalda quyiga sho'ng'ish qildi. Jamoaning o'yini unchalik qovushmayapti. “Udineze” barqaror natija ko'rsata olmayapti. Gohida ajoyib o'yinlar sust harakatlar bilan almashib turibdi. Franchesko Gvidolin jamoasida imkoniyat yuqori. Safardagi 7 uchrashuvning 6tasida yutqazgan bo'lishiga qaramay, udineliklar bu safar shu ko'rsatkichni yaxshilab olishga intilishadi. Di Natale golsiz seriyasiga barham berishga urinib ko'radi.
00:45. KALYARI – NAPOLI
Taxmin – 1:1
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Ibarbo, Rossettini – Mesto, Suniga, Xamshik.
Sardiniyada “Kalyari” peshqadamlardan birini qabul qiladi. Jamoa o'z maydonida faqat bir bor mag'lubiyatga uchradi xolos. Safarda “Roma”dek jiddiy raqibdan ham ochko olishni uddaladi. Mezbonlar safida asosiy hujumchi Ibarbo maydonga tushmaydi, lekin himoyadagi ishonchli o'yin evaziga “Kalyari” bemalol durang uchun kurashishi mumkin. Neapolliklar mavsum oldidan chempionlik uchun kurashishlari kutilgandi, ular hozircha bunga yaqin turishibdi. Lekin “Yuventus” 8 ochko ilgarilab ketdi. Pandev, Kalexon, Mertens va Iguain esa mezbonlar himoyasini yorib o'tishga urinishadi. Ular buni “Inter”ga qarshi o'yinda yaxshi uddalashdi. Bugun oqshomda “Napoli” etakchilari qanday o'ynashini ko'rib olamiz.
22 dekabr, yakshanba
16:30. BOLONYA –JENOA
Taxmin – 2:1
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: CHerubin, Serensen, Ximenes – Kucka, Portanova, Santana, Antonini.
“Bolonya” hamon o'tgan mavsumdagi o'yinini topa olmayapti. Diamantidek futbolchining urinishlari ham samara keltirmayapti. “Jenoa” esa yaxshi natijalarga erishib, turnir jadvalida o'rtamiyonalar qatoridan joy olib turibdi. Ishtiyoqi balandroq bo'lgan bolonyaliklarning zafar quchishini italiyalik mutaxassislar ham taxmin qilishmoqda. Biroq futbolda har qanday taxminning yo'qqa chiqish ehtimoli katta.
19:00. ATALANTA – YUVENTUS
Taxmin – 1:2
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Bellini, Lukkini – Pirlo, Vuchinich.
“A” seriyada 8 o'yindan beri gol o'tkazmagan “Yuventus” peshqadamlarga jiddiy qarshilik ko'rsatishi bilan mashhur bo'lgan Bergamoning “Atalanta” jamoasi bilan o'ynaydi. Stefano Kolantuono shogirdlari joriy mavsumda “Inter” va “Roma”ni muhim ochkolardan mahrum qilishga ulgurishdi. Turinliklar esa endi bor etiborni “Skudetto” uchun kurashga qaratishadi. SHu sababli Antonio Konte jamoasidan ochko tortib olish hech kimga oson bo'lmaydi. Mezbonlar safida Luka CHigarini va Maksimiliano Moralesning qanday o'ynashi ko'p narsani hal qiladi. Albatta, “Atalanta” uchun. “Yuventus” safida jarohatdan to'liq tuzalgan futbolchilar maydonga tushishga shay holatda turishibdi.
19:00. VERONA – LACIO
Taxmin – 2:2
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: CHirilyano – Gonsales, Pereyrinya, Berisha, Ernanes, Mauri.
“Verona” bu mavsum deyarli har bir bellashuvda autsayder maqomida ko'rildi, biroq faqat 6 bellashuvda bu taxmin o'zini oqladi. “A” seriya debyutanti qishki tanaffusga kamida 6-o'rinda yo'l olishni naqd qilib qo'ygan. Omadi kelgan taqdirda “Inter”ni quvib o'tish imkoniyatiga ega. Buning uchun veronaliklar “Lacio”ni dog'da qoldirib, Milan derbisida “Milan”ning g'alabasiga umid qilishlari zarur. Bahs Toni va Kloze singari mahoratli hujumchilar o'rtasidagi o'ziga xos kurashga ham aylanadi.
19:00. ROMA – KATANIYA
Taxmin – 2:1
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Balcaretti, Borello, De Rossi, Strotman – Bellushi, Almiron, Spolli.
2-o'rinda borayotgan jamoa so'nggi pog'onadagi klub bilan o'z maydonida bellashadi. Bunda favorit kimligi aniq, biroq mezbonlar safidagi yo'qotishlar tasir o'tkazishi mumkin. De Rossi va Strotman sariq kartochkalar diskvalifikaciyasi tufayli o'ynamaydi. SHuningdek, Maykonni jarohat bezovta qilmoqda. Totti va Destro esa safga qaytgan. Mazkur bahsda “Roma”ning xato qilishga haqqi yo'q. CHunki duranglar seriyasi tufayli rimliklar peshqadamdan 5 ochkoga ortda qolib ketishdi. “Olimpiko”da “Sassuolo” hamda “Kalyari”ga ochko ulushgan Rudi Garsiya shogirdlari bunday bo'lmasligi uchun bor kuchlarini sarflashlari lozim. “Kataniya” esa na tuzukroq o'yin namoyish etyapti, na natijalarga erishmoqda.
19:00. SAMPDORIYA – PARMA
Taxmin – 2:1
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Gabbyadini – Galloppa, Pavarini, Paletta, Gargano, Kassano.
Sinisha Mixaylovich “Sampdoriya” bilan 5 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi. Genuyada “Parma”ni qabul qiladigan jamoa g'alaba qozongan taqdirda “Parma”ni quvib o'tib, jadvalda o'rta o'rinlarga ko'tarilib oladi. Yo'qotishlar mehmonlarda ko'proq. Galloppa, Gargano va Kassanoning o'ynay olmasligi Roberto Donadoniga muammo tug'dirishi aniq. Har ikki jamoa hozir yaxshi formada. “Parma” oxirgi marta chempionatda “Yuventus”ga noyabr oyining boshida imkoniyatni boy bergandi. SHundan keyin parmaliklar kamida bir ochkoga erishib kelishmoqda.
19:00. SASSUOLO – FIORENTINA
Taxmin – 1:3
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Terranova, Gomes, Acherbi, Manyanelli – Xegazi, Gomes, Kuadrado.
“Sassuolo” tarkibni ortiqcha kuchaytirmasdan “A” seriyada o'ynashga qaror qildi. Jamoa hozircha oldiga qo'yilgan birinchi vazifani bajardi. Qishki tanaffusga chiqib ketishda boshqalardan yaqqol ortda qolmadi. Endi yuqori ligada o'ynashga ko'nikib ulgurgan futbolchilar bilan yanada yaxshiroq natijalarga umid qilsa bo'ladi. Valero va Rossi oxirgi uchrashuvlarni faol o'tkazishdi. Bu florenciyaliklarning asosiy ustun jihatlaridan biri hisoblanadi. Mezbonlar esa Berardi, Floro Flores va Marronening faolligiga umid qilishadi.
19:00. TORINO – KEVO
Taxmin – 2:0
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Larrondo, El Kadduri, Bovo, Farnerud, Jille – Kalello, Sezar.
“Torino” so'nggi 18 mavsumdagi eng yaxshi startini ko'rsatdi. “Kevo”ni mag'lubiyatga uchratgan taqdirda turinliklar 7-o'rinda qolishadi va mavsumning ikkinchi qismiga “Milan”dan yuqorida joylashgan holda yo'l olishadi. Katta byudjetga ega bo'lmagan klub uchun bu juda yaxshi ko'rsatkich. Odatdagidek CHerchi, Glik va Immobilening o'yini “Torino”ning qanday natijaga erishishini belgilab beradi. Veronaliklar imkon qadar safardan durang bilan qaytishga urinishlari turgan gap.
00:45. INTER – MILAN
Taxmin – 2:3
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Alvares, Kivu, Samuel, Milito – Ameliya, Abate, Robino, Birsa, Silvestre, El SHaaravi, Emmanuelson, Montolivo.
Navbatdagi Milan derbisi arafasida jamoalarda sezilarli yo'qotishlar bor. “Inter” hujumlarini tashkil qilishda faollik ko'rsatayotgan Alvares, “Milan”da asosiy tarkib o'yinchilari sanalgan Montolivo, Abate, El SHaaravi o'ynamaydi. Ko'p narsa Guarin va Palasio, Kaka va Balotellining harakatlariga bog'liq. Bizningcha, bu safargi derbi hujumkor o'tadi. CHunki jamoalarning yo'qotadigan narsasi yo'q. “Inter” hozir jamoani shakllantirish uchun intilmoqda, “Milan” esa peshqadamlardan ancha ortda. Balki, ushbu vaziyat “rossonerlar”ga ko'proq ishtiyoq berar. Xullas, ushbu bellashuvni kuzatib boradiganlar muxlislar adashishmaydi. CHunki Italiya grandlari to'qnashuvida asabiy, ehtiros, jozibali va keskin holatlarga ko'proq guvoh bo'lamiz.
Behzod Nazarov tayyorladi.

Fikrlar