Italiyada karantin muddati uzaytirildi
18 may 2020 20:43
Yangiliklar
Italiyada karantin muddati uzaytirildi
Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakatda barcha sport tadbirlarini 14 iyunga qadar o'tkazmaslik borasidagi qarorga imzo chekdi.
"SportMediaset" xabariga ko'ra, Italiya chempionati belgilangan 13 iyunda boshlanmasligi aniq bo'ldi. Bunga qadar A Seriya klublari vakillari o'zaro kelishgan holda aynan shu kunni tanlashgandi.
A Seriya o'yinlari mart oyida koronavirus sababli to'xtatilgandi. UEFA barcha mamlakatlarga ichki chempionat o'yinlarini oxirigacha etkazib qo'yishni tavsiya qilgandi. SHunga qaramay ayrim davlatlarda chempionat o'yinlari muddatidan oldin yakunlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar