Italiya terma jamoasi 1959 yildan so'ng ilk marta bir yil davomida g'alaba qozonmadi
14 sen 2018 13:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453287_original.jpg)
![](/upload/storage/453287_220.jpg)
Italiya terma jamoasi 1959 yildan so'ng ilk marta bir yil davomida g'alaba qozonmadi
Italiya terma jamoasining rasmiy uchrashuvdagi so'nggi g'alabasi 2017 yilning 9 oktyabrida qayd etilgan.
O'sha bahsda italiyaliklar Albaniyani 1:0 hisobida taslim etishgan. Ular SHveciyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida omadsizlikka uchradi. Millatlar ligasidagi Polsha (1:1) va Portugaliyaga (0:1) qarshi bahslar esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
SHunday qilib, 1959 yildan keyin ilk marotaba jamoa bir yil ichida birorta g'alabaga erishmadi. Yagona g'alaba Roberto Manchinining debyutiga to'g'ri keldi. Italiyaliklar o'rtoqlik uchrashuvida Saudiya Arabistonini taslim etishdi (2:1).
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasining navbatdagi rasmiy uchrashuvi 14 oktyabr kuni Polshaga qarshi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar