So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  0 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  24 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

"Inter" - Italiya Superkubogi sohibi! Yangiliklar

"Inter" - Italiya Superkubogi sohibi!

"Inter" hamda "Yuventus" jamoalarining Italiya Superkubogining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Inter – Yuventus 2:1

13 yanvar, 01.00, "Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gollar: Makkenni (25, 0:1), Martines (35-pen, 1:1), Sanches (120+1, 2:1).

Inter – Xandanovich, Dumfris (Darmian, 89), de Vrey, SHkrinyar, Bastoni, Perishich, Brozovich, CHalxanoglu, Barella (Vidal, 89), Djeko (Korrea, 76), Martines (Sanches, 75).

Yuventus – Perin, De SHilo, Kellini, Rugani, Aleks Sandro, Makkenni, Rabo, Lokatelli, Kulusevski (Dibala, 74), Bernardeski (Artur, 79), Morata (Kin, 88).

Ogohlantirish: Bernardeski (43), Jeko (60).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Inter" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi!

120+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!!! SANCHEEEEEEESSSSSS!!!!

116. UXXXXXX!!! Sanches Perin bilan birga bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi. Ammo posbon vaqtida joyini tark etib, to'pni ushlab oldi.

108. "Inter"dan xavfli hujum ko'rayotgandik. Kellini to'pni qaytarib yubordi.

106. So'nggi ekstra bo'lim boshlandi!

Kichik tanaffus!

105+1. UXXXXX!!! "Inter" hujumga o'tdi. Uzoq vaqt davom etgan hujum Lautaroning boshi bilan yo'llagan zarbasi va Perinning to'pni egallab olishi bilan yakunlandi.

Dastlabki ekstra bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

103. Dibalaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

100. Makkenni raqib jarima maydonchasi ostonasida darvoza tomon zarba yo'lladi. Himoyachi to'pni qaytardi.

96. ZARBAAAAAAAAA!!! UXXXXX!!! Burchakdan uzatilgan to'p uchun kurashda kichikkina Sanches g'olib bo'ldi, biroq zarba darvoza yonidan o'tib ketdi.

90. Uchinchi bo'lim boshlandi!

Demak, o'yining asosiy vaqti yakunlandi. Buyog'iga qo'shimcha taymlarni ko'ramiz.

90+3. "Yuve"ning hujumi o'xshamadi. Qanotdan Sandroning oshirgan to'pini Xandanovich ushlab oldi.

4 daqiqa qo'shib berildi.

90. So'nggi daqiqalarda "Inter" bosimni oshirgan.

87. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!! Dumfris raqib darvozasi yoniga ajoyib tarzda to'pni oshirgandi. Ammo zarba beradigan biror futbolchi topilganida "Inter" g'alabani ilib ketishi mumkin edi.

82. "Inter" himoyachisi "Yuve" hujumini qaytardi va milanliklarning o'zi hujum boshladi.

79. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. CHap qanotdan to'p hujumdagi Dumfris tomon oshirildi. Makkenni to'pni qaytarib yubordi.

72. ZARBAAAAAAA!!! Barellaning zarbasini Perin ushlab oldi!

69. ZARBAAAAAAAAA!!! Lautaroning boshi bilan yo'llagan zarbasini Perin ajoyib reakciya ko'rsatib, ushlab oldi!

68. Jeko chap qanotdan to'pni markazga oshirdi. Himoyachilar to'pni oldinga tepib yubordi.

65. Lautaro jarohat olgani sababli o'yin to'xtab qoldi.

60. Jeko ogohlantirildi.

57. ZARBAAAAAAAAA!!! Dumfrisning boshi bilan yo'llagan zarbasini Perin qaytardi!!! Daxshat vaziyat bo'lgandi.

55. "Inter" yana hujumda. Qanotdan Jeko tomon uzatilgan to'p himoyachilarga o'tib ketdi.

53. "Inter" hujumga o'tib ketishi mumkin bo'lgandi. Bastoni hujumda fol ishlatdi.

49. ZARBAAAAAAAA!! Kulusevskining zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. UXXXXXXX!!! Perishich ajoyib vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Rabo podkati bilan to'pni burchakka chiqarib yubordi.

40. Vaziyatlar bo'lmay qo'ydi negadir. Sekin sekin o'yin tempi tushdi.

35. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Lautaro penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi!

34. PENALTIIIII!!! De SHilo bu safar Perishichni qo'pollik bilan yiqitdi!

32.  Raboning zarbasini Xandanovich ushlab oldi. 

30. "Inter" bosim uyushtirmoqda. Ammo vaziyat yarata olmayapti.

25. GOOOOOOOOOLLLLLL!!!! MAKKEENNNIIIII!!! Morataning ajoyib pasidan keyin Ueston hisobni ochdi!

23. UXXXXX!! Endi Bernardeski "Inter" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam yana jim.

20. "Inter" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. CHalxanogluni osonlikcha to'xtatishdi.

16. "Inter" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Undan uzatilgan to'pga De Vrey yana noaniq zarba yo'lladi.

11. UXXXXXXXX!! Kellini o'z jarima maydonchasi ichida Barellani yiqitgandek ko'rindi. Ammo bosh hakam penalti belgilamadi. Vaziyat VAR orqali tekshirildi.

9. ZARBAAAAAAA!! Lautaro yana bir imkoniyatni qo'ldan chiqardi.

6. ZARBAAAAAA!!! Burchakdan uzatilgan to'pni De Vrey boshi bilan Lautaro tomon oshirdi. Martines 25 santimetrdan gol ura olmadi!

5. "Inter" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Ammo undan CHalxanogluning oshirgan to'pini Sandro qaytarib yubordi.

2. "Inter" o'yinni hujumkor boshladi. Perishichning uzatgan to'pini Jeko boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Noaniq.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay holatda bo'lib turibdi. 

- Ayni damda stadion uzra Arianna qo'shiq aytmoqda. Jonli ijroga o'xshamoqda. Menimcha fonogramma faqat bizda bo'ladi)

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Stadionga Italiya Superkubogi sovrini olib chiqildi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "San-Siro"ga qaratamiz. Ushbu stadionda Italiyaning o'tgan yildagi eng yaxshi jamoasi aniqlanadi! Bahsni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика