Italiya omadsiz o'yinlar seriyasiga barham berdi

15 okt 2018, 07:16
Kecha, 14 oktyabr sanasida Italiya terma jamoasi safarda Polsha ustidan 0:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Italiyaliklar bu g'alaba evaziga hozirda 3 turdan so'ng 4 ochkoga ega bo'lib, Millatlar ligasi final bosqichiga chiqish uchun imkoniyatni saqlab qoldi. A divizionida esa Portugaliya hozirda 2 o'yindan so'ng 6 ochko bilan guruh peshqadami bo'lib turibdi. Polsha terma jamoasi esa yuqori divizionda qolish imkoniyatidan mahrum bo'lib, B divizioniga ravona bo'ldi.

Italiya shuningdek, 6 o'yindan iborat golsiz o'yinlar seriyasiga ham barham berishdi. Terma jamoa joriy yilning may oyidan beri ilk marta g'alaba qozondi. O'shanda Italiya Saudiya Arabistoni ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Bu bosh murabbiy Roberto Manchini qo'l ostidagi atigi 2-g'alabadir.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia