Italiya kubogi. Pyontekning dubli “Milan”ga “Napoli” ustidan g'alaba keltirdi
30 jan 2019 07:09
Yangiliklar


Italiya kubogi. Pyontekning dubli “Milan”ga “Napoli” ustidan g'alaba keltirdi
Italiya kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan “Milan”-“Napoli” uchrashuvida Jennaro Gattuzo shogirdlarining qo'li baland keldi.
Uchrashuv taqdiri birinchi bo'limdayoq hal etildi. 10 hamda 27 daqiqalarda “Milan”ga yaqindagina kelib qo'shilgan Kshishtof Pyontek dublga erishib, jamoasiga g'alaba keltirdi. Natijada “Milan” Italiya kubogi yarim finaliga chiqdi.
“Milan”—“Napoli” 2:0
Gollar: 1:0 – 10 Pyontek, 2:0 – 27 Pyontek.
Milan – Donnarumma, Romanoli, Musakko, Abate, Laksalt, Lukas Paketa (Rodriges, 85), Bakayoko, Kastilexo, Kessie, Borini (CHalxanoglu, 60), Pyontek (Kutrone, 79).
Napoli – Meret, Maksimovich, Gulyam, Malkyui (Kalexon, 85), Kulibali, Allan (Una, 46), Diavara (Mertens, 58), Fabian Ruis, Zelinski, Insine, Milik.
Ogohlantirishlar: Malkyui (29), Milik (35), Kulibali (40).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar