Italiya kubogi. "Milan" qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2020, 03:23
Italiya kubogi chorak final bahsi yakuniga etdi.

Unda "rossonerilar" "San-Siro"da Turinning "Torino"sini qabul qildi. O'yin ancha qiziqarli ruhda o'tdi. Dastlab, hisobni "Milan" ochdi, keyin Bremer 2 gol urib, turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. So'nggi daqiqalarda mezbonlanrning turkiyalik xavbeki Xakan Chalxanoglu hisobni tenglashtirib, qo'shimcha bo'limlarga murojaat etilishini taminladi va "Milan"  qo'shimcha bo'limlarni o'ziniki qildi. Chalxanoglu va Ibragimovich tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga yarim final chiptasini tortiq qildi. Bu g'alaba Chalxanogluning xizmatlari salmoqli bo'ldi. Turkiyalik futbolchi ikki bor o'zining kuchli zarbasi bilan o'z jamoasini qiyin vaziyatdan olib chiqib ketdi.

Milan – Torino 4:2 

29 yanvar, 00.45, Djuzeppe Meacca (San-Siro)

Gollar:

1:0 – 12 Bonaventura, 1:1 – 34 Bremer, 1:2 – 71 Bremer, 2:2 – 90 Chalxanoglu, 3:2 – 106 Chalxanoglu, 4:2 – 108 Ibragimovich.

Milan – Donnarumma, Konti, Teo, Ker, Romanoli, Kastilexo, Bonaventura (Rafael Leau, 76), Bennaser, Krunich (Chalxanoglu, 82), Rebich (Kessie, 105), Piontek (Ibragimovich, 65).

Torino – Sirigu, de Silvestri (Laksalt, 112), Icco, Nkulu, Ayna, Verdi, Lukich, Berenger (Milliko, 90), Rinkon (Voynovich, 112), Bremer (Djidji, 82), Belotti.

Ogog'lantirishlar:

Rinkon (22), Teo (30), Rebich (37), Icco (37), Ker (53), Krunich (74), Konti (93).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia