Italiya Kubogi. “Lacio” mehmonda “Inter”ni mag'lub etdi va 1/2 finalga chiqdi
01 fev 2017 03:34
Yangiliklar
Italiya Kubogi. “Lacio” mehmonda “Inter”ni mag'lub etdi va 1/2 finalga chiqdi
Unda Milanning “Inter” klubi o'z maydonida Rimning “Lacio” jamoasini qabul qildi. “San-Siro” stadionida o'tkazilgan uchrashuv kutilmaganda “Inter”ning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.
Rimliklardan kiritilgan gollarga Felipe Anderson va Lukas Bilya, “Inter”dan esa Marselo Brozovich mualliflik qilishdi. Har ikki jamoadan ham bir nafardan futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi.

O'yinning 54-daqiqasida “Inter” himoyachisi Joao Mirandaga to'g'ri-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatilgan bo'lsa, 76-daqiqada “Lacio” himoyachisi SHtefan Radu ikkinchi ogohlantirish evaziga chetlatildi.
Endi “Lacio” yarim finalda “Roma” - “CHezena” uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi. Bu o'yin bugun o'tkaziladi. Ikkinchi yarim finalda esa “Yuventus” va “Napoli” jamoalari uchrashishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar