So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  81 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Italiya kubogi. 1/2 final. Bugun "Yuventus" o'z maydonida "Milan"ni qabul qiladi (anons) Yangiliklar

Italiya kubogi. 1/2 final. Bugun "Yuventus" o'z maydonida "Milan"ni qabul qiladi (anons)

Italiyaga katta futbol qaytmoqda.

Kuchli beshlik chempionatlari orasidagi navbatdagi mamlakatda ham futbol restartiga oz qoldi (Germaniyada allaqachon Bundesliga va Kubok bahslari davom etyapti, shuningdek, kecha Ispaniya La Ligasi boshlanganidan xabaringiz bor, albatta).

Bugun futbol ishqibozlarini Italiya futbolining ikki giganti - "Yuventus" va "Milliy" o'rtasidagi ajoyib uchrashuv kutmoqda. Bu bahsda g'olib bo'lgan jamoa Italiya Kubogi finalchisiga aylanadi.  

Yuventus — Milan

12 iyun, juma, 23:59 (Toshkent vaqti). Turin, Alyanc Stedium. Hakam — Daniele Orsato

Italiyada futbolni sog'inishgan, shu bois nafaqat Italiyadagi barcha muxlislar, balki italyan futboli ixlosmandlarining bari o'yinlarni intiqlik bilan kutmoqdalar.

Futbol oqshomida Italiyaning eng nomdor va eng mashhur jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi, ular shunchaki o'ynashmaydi, bizni oldinda jang kutmoqda, jang! 

Agar ushbu jang A Seriya chempionati doirasida o'tkazilganida edi, unda "Yuventus" va "Milan" o'rtasidagi o'yinda intriga kuzatilmagan bo'lardi. CHunki mutaxassislar chempionatda "Yuventus"ni katta farq bilan ustun deb hisoblaydilar.  Ammo hozir final yo'llanmasi o'rtaga tikilgani tufayli hamma narsa sodir bo'lishi mumkin.

Tabiiyki, "Yuventus" safardagi durang(birinchi o'yinda 1:1 hisobi kuzatilgan)dan so'ng, shubhasiz javob o'yinining favoriti hisoblanadi.

Har ikki jamoaning hozirgi holatini tasavvur qilishimiz qiyin. Rasmiy manbalarda berilgan xabarlarga ko'ra, jamoalar ideal holatda va bahsga tayyorlar. Takidlash joizki, pandemiya paytida "Yuventus" safidan Daniele Rugani, Blez Matyuidi va Paulo Dibala koronavirus qurboniga aylanishdi, "Milan"da afsonaviy Paolo Maldini va uning o'g'li Daniel Maldini ushbu kasallikka chalinib qolishdi. Lekin ularning hammasi hozir tuzalgan. 

Afsuski, malumotlarga qaraganda, Paolo Maldini buyragidagi mammolar sabab yana kasalxonana tushib qolgan.

Italiya matbuotining takidlashicha, A Seriyaning atigi bir nechta klublari kasallik bilan bog'liq holatlar to'g'risida aniq malumot bergan. SHunday qilib, kasallikka mubtalo bo'lganlarning haqiqiy soni rasmiy keltirilgandan farq qilishi mumkin, ammo "ushlanmagan o'g'ri - o'g'ri emas".

Ayni paytda "Yuventus"ga mashg'ulotlarda jarohat olgan Gonsalo Iguain aniq yordam bera olmaydi. Bundan tashqari, ananasiga sodiq qolgan hujumchi Argentinadan o'nlab qo'shimcha kilogramm orttirib kelgan va karantindan oldin jiddiy jarohatga yo'liqqan Merix Demiral "keksa sinora" safida o'yinda qatnasha olmaydi.

"Milan"dagi vaziyat raqibga nisbatan yomonroq: diskvalifikaciyalar tufayli Teo Ernandes, Zlatan Ibragimovich (jarohati ham bor) va Samu Kastilexo bahsda ishtirok etmaydi. Bundan tashqari, himoyachilar Leo Duarte va Mateo Musakko jarohat olgan.

"Milan" uchun yana bir salbiy lahza — bu klub rahbariyatining norozi kayfiyati. Jamoa o'yinchilarining bu fikrini Ibragimovich ochiqlagan. Ehtiroslarni bartaraf etish uchun "Milan" bosh direktori Ivan Gazidis jamoa bilan 4 maydan beri birinchi marta uchrashishga va bir qator dolzarb savollarga javob berishga majbur bo'ldi.

Reglament haqida to'xtaladigan bo'lsak, o'yin tabiiy ravishda tomoshabinlarsiz o'tadi va agar o'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlansa, jamoalar qo'shimcha taymlarda o'ynashmaydi va darhol penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi.

Qiziqarli faktlar:

- Jamoalar shu paytgacha o'zaro 289 marta to'qnash kelishgan: 108 marta "Yuventus" yutgan bo'lsa, 94 bor "Milan" g'alaba qozongan, duranglar soni esa 87 tani tashkil etadi.

- Rasmiy uchrashuvlar soni - 231 ta: shulardan 91 tasi "keksa sinora" g'alabasi, 66 tasi "iblislar" yutug'i va 74 tasi durang bilan yakun topgan.

- Italiya kubogida "Yuventus" va "Milan" 26 marta uchrashgan: "Byankonerilar"ning g'alabalari soni - 11 ta, "rossonerilar"niki - 7 ta, duranglar soni - 8 ta.

- "Yuventus" barcha turnirlarda "Milan"ga qarshi so'nggi 7 uy o'yinida faqat g'alaba qozongan.

- "Yuventus" 1985 yildan beri o'z uyida "Milan"ga yutqazmagan (Italiya Kubogi doirasida): 3 g'alaba va 3 durang.

- "Yuventus" "Milan"ga Italiya kubogining so'nggi 11 o'yinidan faqatgina bittasida mag'lub bo'lgan.

Taxminiy tarkiblar 

Murabbiylarning o'yindan oldingi fikrlari

Mauricio Sarri ("Yuventus" bosh murabbiyi):

"Bunday vaziyatda favoritni aniqlashga urinishdan mano yo'q, chunki o'yin va natijaga ko'plab omillar tasir qilishi mumkin va hammasini oldindan aytib bo'lmaydi. Uzoq tanaffusdan keyin bazida kutilmagan hodisalar yuz beradi.

Bizning umumiy maqsadimiz o'zgarmadi: qolgan uchta musobaqaning hammasida muvaffaqiyat qozonishni xohlaymiz. SHu sababli kuchlarni to'g'ri taqsimlash juda muhimdir.

Raqibimizga kelsak, "Milan" har doim "Yuventus" uchun muammo bo'lib kelgan, shuning uchun raqibni to'g'ri baholay olmaslik bo'yicha hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkin emas".

Stefano Pioli ("Milan" bosh murabbiyi):

"Menimcha, hozir eng muhimi — bu futbol qaytgani va biz yana o'ynay olamiz. Ammo biz eyforiyaga berilmasligimiz va xavfsizlik choralarini unutmasligimiz lozim.

Biz uchun ko'p narsa yangilik bo'ladi: bo'sh tribunalar qarshisida o'ynash, yozgi jazirama, tig'iz taqvim asosida to'p tepish... Aytishim mumkinki, hozirgi holatda hech bir o'yinchimiz to'liq tayyorgarlikka ega emas, ammo ftubolchilarda jangovar ruh mavjud.

Bizga har qanday holatda ham Italiya kubogini yutish vazifasi yuklatilmagan, biroq bizning maqsadimiz — chempionat yoki kubok orqali evrokuboklarga qaytish". 

Mamnuniyat ila shuni malum qilamizki, bugungi bahs bevosita saytimiz orqali matnli-translyaciya qilinadi. O'yinni biz bilan birgalikda kuzatib boring. 

Eslatib o'tamiz, ikkinchi finalchi ertaga “Napoli” – “Inter” (birinchi o'yinda “Napoli” 1-0 hisobida yutgan)  o'rtasidagi uchrashuv natijasiga ko'ra aniqlanadi.  


Xorij saytlari asosida SHerzod Nurmatov tayyorladi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика