So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  1 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

Evro-20024. Italiya iroda ko'rsatib, Albaniyani mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-20024. Italiya iroda ko'rsatib, Albaniyani mag'lub etdi

Evro-2024 "B" guruh doirasidagi Italiya - Albaniya o'yini bo'lib o'tdi.

Italiya – Albaniya 2:1
"Signal Iduna Park" stadioni
Gollar
: 0:1 – 1 Bayrami, 1:1 – 11 Bastoni, 2:1 – 16 Barella.

Italiya – Donnarumma, Di Lorenco, Bastoni, Kalafori, Dimarko (Darmian, 83), Jorjino, Barella (Folorunsho, 90), Frattezi, Pellegrini (Kristante, 77), Keza (Kambyazo, 77), Skamakka (Retegi, 83).

Albaniya – Strakosha, Xyusay, Jimshiti, Ayeti, Mitay, Bayrami (Muchi, 87), Ramadani, Aslani, Asani (Xoja, 68), Seferi (Lechi, 68), Broya (Manay, 77).

Ogohlantirishlar: Pellegrini (21), Kalafori (51), Broya (51), Xoja (74).


Italy

Alessandro Bastoni - 11', Nicolo Barella - 16'

EURO Grp. B . 1-tur

16/06/2024, 01:00

1
:
2
Tugadi

Albania

Nedim Bajrami - 1'

Stadion: Signal Iduna Park, 60512 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Zwayer

45'
90'
11'  Alessandro Bastoni
11'  Lorenzo Pellegrini
16'  Nicolo Barella
22'  Lorenzo Pellegrini
51'  Riccardo Calafiori
77'  Federico Chiesa (Andrea Cambiaso)
77'  Lorenzo Pellegrini (Bryan Cristante)
83'  Gianluca Scamacca (Mateo Retegui)
83'  Federico Dimarco (Matteo Darmian)
90'  Nicolo Barella (Michael Folorunsho)
1'  Nedim Bajrami
51'  Armando Broja
68'  Jasir Asani (Arber Hoxha)
68'  Taulant Seferi (Qazim Laci)
74'  Arber Hoxha
77'  Armando Broja (Rey Manaj)
87'  Nedim Bajrami (Ernest Muci)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

 Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va Italiya irodali, ishonchli g'alabani tantana qiladigan bo'ldi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4  daqiqa qo'shib berildi.

85-daqiqa. Italiya to'pni nazorat qilmoqda. 

80-daqiqa. Bastoni ustalik bilan harakat qilib, raqib futbolchisi to'pga etishiga imkon qoldirmadi.

77-daqiqa. O'zgarishlar! Keza va Pellegrini o'rniga Andrea Kambyazo hamda Brayan Kristante tushirildi.

75-daqiqa. Albaniya oldinga o'tish ilinjida. 

68-daqiqa. O'zgarishlar! Asani o'rniga Arber Xoja, Seferi o'rniga esa Kazim Lechi o'yinga qo'shildi.  

66-daqiqa. Dimarkoning uzatmasidan keyin uzoq burchakda Di Lorenco gol urishi mumkin edi.

64-daqiqa. Italiya raqibning hujumini avvalidayoq to'xtatib, zararsizlantira oldi.

60-daqiqa. Keza to'pga ajoyib tarzda aylanma yo'nalish bera oldi, lekin bu gol uchun etarli bo'lmadi.  

58-daqiqa. Italiya to'pni nazorat qilmoqda. CHapdan oldinga o'tishga urinib ko'rishdi, lekin bu amalga oshmadi. 

Futbolchini hattoki epizoddan keyin qayd etilgan offsayd ham oqlash uchun asos bo'la olmaydi.

56-daqiqa. Qanday qilib? Fratezzi yana bir qulay imkoniyatni ko'kka sovurmoqda. 

52-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamga yana nimalardir degani uchun Armando Broya ham ogohlantirildi! Yangi qoidalarga ko'ra bosh hakam bilan faqatgina sardorlar suhbatlashishi mumkin.

51-daqiqa. Ogohlantirish! Rikardo Kalyafioriga raqibga nisbatan fol ishlatgani uchun sariq ko'rsatildi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+4-daqiqa. Bo'ldi, ayni shu pallada Feliks Cvaer birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha Italiya oldinda. 

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 70% - 30% Italiya foydasiga.

45+3-daqiqa. Elseid Xyusay "podkat"da to'pni jamoasiga olib berdi. 

45+2-daqiqa. Ajoyib kombinaciyadan keyin jarima maydonchasiga yorib kirgan Pellegrini boshi bilan gol urishi mumkin edi. Ammo, lekin, biroq... Yarim himoyachining urinishiga biroz aniqlik etishmadi.

45-daqiqa. To'rtinchi hakam birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berilganini malum qildi.

44-daqiqa. Asani (Albaniya) markazroqqa o'tib bordi va kuchli zarba yo'lladi, biroq noaniq.   

40-daqiqa. Skamakka yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi va oradagi farqni ikkita to'pga oshirib qo'yishi mumkin edi. Biroq uning zarbasini Tomas Strakosha qaytardi. 

37-daqiqa. Italiya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

33-daqiqa. Skamakkkaning nozik pasidan keyin Davide Fratezzi qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Uning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi.   

31-daqiqa. Federiko Kezaning uzatmasidan keyin Lorenco Pellegrini chalqancha uslubda zarba berishga urindi, lekin niyatiga eta olmadi. 

29-daqiqa. Uzatmadagi xato tufayli Italiya hujumi oxiriga etmay qoldi. Di Lorenco esa raqib qarshi hujumga qochib ketmasligini taminladi. 

25-daqiqa. O'yin tempi biroz pasaygandek. Italiya o'zi istagan natijaga etib olgach, shoshilmayapti. 

21-daqiqa. Ogohlantirish! Di Markoning uzatmasidan keyin Albaniya qarshi hujumga qochib ketdi. Natijada, taktik fol ishlatishga majbur bo'lgan Pellegrini sariqqa loyiq ko'rildi. 

20-daqiqa. Keza burchak zarbasi ishladi. 

18-daqiqa. Bo'ldi, hammasi joyida va gol inobatga olindi.

17-daqiqa. "VAR" ishga aralashishi mumkin. Golda hech qanday qoida buzilishi yuz bermaganmi, tekshirish ishlari olib borilmoqda. 

16-daqiqa. GOOOOOOL! Nikola Barella o'ng oyoqda aniq zarba berdi va endi italiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqmoqda.  

Xo'sh, buyog'iga o'yin qanday tus oladi. Nima bo'lganda ham dastlabki daqiqalar bizga manzur kelmoqda. 

11-daqiqa. GOOOOOOOL!  Alessandro Bastoni boshi bilan aniq zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi!

9-daqiqa. Albaniya terma jamoasi ketma-ket ikki bor burchak zarbasi amalga oshirdi. Biroq ish yakuniy zarbagacha etib bormadi. 

8-daqiqa. Jovanni Di Lorenco jarima maydonchasiga yo'naltirilgan uzatma yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

6-daqiqa. Italiya raqib darvozasi tomon yo'l izlamoqda. Muntazam ravishda bosim va to'p nazorati guvohi bo'lyapmiz.

3-daqiqa. Italiya darhol javob berishi mumkin edi. Biroq o'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Pellegrini aniq zarba bilan yakunlay olmadi. 

GOOOOOL! Uchrashuv 0:1 hisobidan boshlandi desak ham bo'lavueradi. Nedim Bayrami ilk daqiqadayoq jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Albaniya terma jamoasi boshlab berdi. 

Italiya davlat madhiyasi yangramoqda. 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 


Asosiy tarkiblar:

Italiya: Donnarumma, Bastoni, Di Lorenco, Dimarko, Kalafori, Barella, Jorjino, Frattezi, Pellegrini, Keza, Skamakka.

Albaniya: Strakosha, Xyusay, Jimsiti, Mitay, Ayeti, Aslani, Ramadani, Bayrami, Asani, Seferi, Broya.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика