“Istiqlol” stadionida to'rt kunda uchta o'yin o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
26 okt 2018, 11:38
Farg'onadagi muhtasham “Istiqlol” stadioni va uning ishchi xodimlariga yaqin to'rt kun ichida oson bo'lmasligi turgan gap.

Boisi 28 oktyabr kuni O'zbekiston Kubogining final bahsi – AGMK va “Paxtakor” uchrashuviga aynan “Istiqlol” stadioni mezbonlik qiladi. 29 oktyabr kuni esa PRO-Liganing 32-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv – “Istiqlol” – “Mashal” o'yini bo'lib o'tadi. 31 oktyabrda esa Superliga doirasidagi “Neftchi” – AGMK qarama-qarshligini ko'ramiz.  

Ochig'i bu kabi holatlarga yaqin orada duch kelmagandik.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia