“Istanbul” futbolchilari zaxira hakamining irqchilik harakati tufayli PSJga qarshi bahsni davom ettirishni xohlamagani malum qilindi
09 dek 2020 07:50
Yangiliklar


“Istanbul” futbolchilari zaxira hakamining irqchilik harakati tufayli PSJga qarshi bahsni davom ettirishni xohlamagani malum qilindi
“Istanbul” klubi ECHL guruh bosqichi 6-turi doirasida PSJga qarshi bahsda irqchilik sabab yuzaga kelgan holat yuzasidan bayonot berdi.
“Yordamchi murabbiyimiz Per Vebo 4-hakam tomonidan irqchilik harakati qurboni bo'lganligi sababdan o'yinchilarimiz maydonga qaytishdan bosh tortdi”, — deydi “Istanbul” klubi bayonotida.
Eslatib o'tamiz, PSJ—“Istanbul” bahsi 1-bo'limda zaxira hakami Sebastian Kolceskunning “negru” (rumin tilidan tarjima qilinganda qora manosini beradi) so'zini ishlatgani sabab katta mojaro kelib chiqdi va o'yin to'xtatildi. Bosh hakam Ovidiu Xacegan zaxira hakamidan “Istanbul” murabbiylar shtabidan kimni chetlatish haqida so'raganida u “negru” deb javob bergan.
SHundan so'ng o'yin to'xtatildi. Oradan 10 daqiqa o'tib “Istanbul” futbolchilari kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi. Keyin PSJ futbolchilari ham shu yo'lni tanladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar