So’nggi yangiliklar

13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   0 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  3 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  8 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1

Ispaniyada ushbu mavsum chempioni kim bo'ladi? (Mulohaza uchun) Yangiliklar

Ispaniyada ushbu mavsum chempioni kim bo'ladi? (Mulohaza uchun)

“Ko'k-annorrang” fojea. Hafta o'rtasida CHempionlar Ligasidagi yurishiga yakun yasagan “Barselona”, kecha Ispaniya chempionati 33-tur doirasida ham juda muhim bo'lgan ochkolarni boy berdi.
Tata Martino jamoasi madridlik peshqadamlardan ortda qolib ketti. Boz ustiga “Barsa” olti yil deganda, endi ketma-ket ikki o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qila olgani yo'q.

“Real” yirik hisobda “Almeriya” ustidan g'alaba qozonib (4:0) jamg'argan ochkolari sonini 79taga etkazib olgan bo'lsa, “Atletiko”da 32-turdan keyinoq shuncha ochko to'plangandi. Bugun Diego Simeone jamoasi “Xetafe” maydoniga safar uyushtiradi. Agar u erdan g'alaba bilan qayta olsa, “qaymoqranglilar”dan 3, kataloniyaliklardan 4 ochko ilgarilab ketadi va yakka peshqadamlikni saqlab qoladi.
Xullas chempionlik poygasi avj pallasiga chiqdi. 



“Matraschilar” qolgan turlarda ochko yo'qotmaydigan bo'lsa,  38-turdagi “Barselona”ga qarshi o'yingacha hammasini hal qilib qo'yishi ham mumkin. Ammo tekis yo'ldagi har bir qoqilish raqiblar, ayniqsa “Real” uchun ayni muddao bo'lishi ehtimoli yuqori.

Quyida har uch klubning qolgan turlardagi raqiblarini keltirib o'tamiz.

“Atletiko Madrid”: “Elche”,  “Valensiya”, “Levante”, “Malaga”, “Barselona”.

“Real Madrid”: “Valyadolid”, “Osasuna”, “Valensiya”, “Selta”, “Espanol”.

“Barselona”: “Atletik Bilbao”, “Vilyarreal”, “Xetafe”, “Elche”, “Atletiko Madrid”.



Xo'sh, sizningcha ushbu mavsum Ispaniya chempioni kim bo'ladi? So'nggi vaqtdarda muvaffaqiyatsizliklarga duch kelayotgan bo'lsa-da, CHempionlar Ligasidan chiqib ketib, butun etiborini Ispaniya chempionatiga qaratish imkoniga ega bo'lgan Tata Martinoning “Barselona”simi?

Ushbu mavsumda ajoyib o'yinlari bilan ko'pchilik mehrini qozongan, Ispaniya chempionatida shoxsupa uchun kurashning yanada qiziqarli bo'lishiga sababchi bo'lgan, kuchli harakterli, jangchilik hislatiga ega bo'lgan “Atletiko”mi?



Mavsum avvalida jamoaga o'z o'yin falsafasini singdirish jarayonida natija borasida nostabil bo'lgan, biroq mavsumning ikkinchi yarmida ajoyib o'yinlar ko'rsatish bilan bir qatorda, barqaror natijalarni ham qayd etib kelayotgan Karlo Anchelottining “Real”imi?

Fikrlaringizni quyiroqdagi izoholar uchun ajratilgan joyda qoldiring.

P.S. Odob doirasidan chiqilsa darhol blok bo'lasiz!


Abror Qodirov.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика