So’nggi yangiliklar

00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  11 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2

Ispaniyada kelishilgan o'yinlarni yoppasiga aniqlashmoqda: "Real" sobiq futbolchisi hibsga olindi Yangiliklar

Ispaniyada kelishilgan o'yinlarni yoppasiga aniqlashmoqda: "Real" sobiq futbolchisi hibsga olindi

Ispaniya mavsumning shov-shuvli qismi start oldi.

Ispaniya chempionati yakunlanganidan bir necha kun o'tib policiya "Oykos" (Qadimgi Greciyada uyni shunday deb atashgan) nomli katta masshtabdagi operaciya o'tkazdi. Maqsad - kelishilgan o'yinlar tashkilotchilari va ishtirokchilari tarmog'ini aniqlash.


Tonggi ettida Ueska, Malaga, La-Korunya, Madrid va Valyadolidda qora formali kishilar ishga kirishishdi: Tintish ishlarini o'tkazib, bir necha kishini qo'lga olishdi.


SHubha ostidagilar 20ga yaqin inson: Futbolchilar, mansabdorlar, faoliyatini yakunlagan o'yinchilar va xatto shifokor. Hozircha 6 nafar shaxs qo'lga olingan (ularning deyarli barchasi uyda).

Hammasi juda jiddiy, Ispaniyaning asosiy sport gazetasi Marca muqovasiga etibor bering: "Futboldagi qora kun".


Qaysi o'yinlar?

Policiya ro'yxatida 10tacha shubhali uchrashuv mavjud, 5tasi aniqlangan.


Asosiy epizod - o'tgan yili Segunda doirasida o'tkazilgan "Ueska" va "Ximnastik" o'rtasidagi uchrashuv. So'nggi turdan oldingi o'yin, "Ueska" LaLigaga chiqib bo'lgan (raqib xatto sharaf yo'lakchasini tashkillashtirib bergan), "Ximnastik" esa jon saqlab qolishi kerak edi. Natijada tarragoniyaliklar 72-daqiqadagi gol bilan g'alaba qozonishdi. Ikkinchi bo'lim hisob 0:0 paytida nazorat tizimi Ukraina va Osiyodagi shaxslar bahs autsayderiga katta pul tikib tashlaganini aniqladi, ko'plab bukmekerlik kontoralari (totalizatorlar) uchrashuvni saytdan olib tashlashdi (bu haqida keyinroq).


LaLiga o'yinlari ham shubha ostida, ammo bu erda ham "Ueska". 36-turda ular qizil kartochka olib, 98-daqiqada gol o'tkazib, "Betis"ga mag'lub bo'lishdi (1:2), 37-turda esa "Valensiya" "Ueska"ni "sochib tashladi" (6:2).


Ro'yxatda LaLiganing 38-tur bahsi ham mavjud (bu safar "Ueska"siz): "Valensiya" mehmonda "Valyadolid"ni mag'lub etib (2:0), kelasi mavsum CHempionlar ligasida o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritdi. G'alaba bo'lmaganda, ular CHLsiz qolishardi. Bu xolat bo'yicha hozircha aniq ayblovlar qo'yilmalagan (yoki biz ular haqida bilmaymiz) - faqat "Valyadolid"ning sobiq futbolchisi qo'lga olingan.


Navbatdagi shubhali bahs to'rtinchi diviziondan. Bu erda ham batafsil malumot yo'q, ammo "Karinen" - "Sarinen" (2017/18 mavsum) uchrashuvi taxmin qilinmoqda. Ha, klublarning nomi bitta harfga farq qiladi, bu yarim professional jamoalar: Tekshiruv natijalariga ko'ra, ular birinchi o'yinda kelishuv shartlarini bajara olishmagan (qanday kelishuv ekanligi ochiqlanmagan), ikkinchisida esa ular qo'lga tushishdi.


Kimlar hibsga olindi?

- Dastlabki malumotlarga ko'ra, guruh etakchisi "Real" sobiq futbolchisi Raul Bravo ekan. "Qirollik klubi"ning 38 yoshli tarbiyalanuvchisi "galaktikos" davrida jamoada to'p tepgan, 6 yil davomida madridliklar sharafini himoya qilib, mavsumda 15ta uchrashuv o'tkazgan. Devid Bekxem bilan do'stlashgan va aynan shu do'stlik tufayli u uzoq vaqt asosiy tarkib futbolchisi bo'lib o'ynagan deyishadi. CHap qanot himoyachisini Roberto Karlosga taqqoslashardi, ammo keyin u himoya markaziga o'tdi va asosiy tarkibdan tushib qoldi. Bravo faoliyatini to'rt yil oldin Greciyada yakunlagan.

Undan tashqari yana uch nafar sobiq futbolchi qo'lga olindi, boshqalarni garov evaziga qo'yib yuborishdi.


- Borxa Fernandes. "Valyadolid" sobiq futbolchisi, faoliyatini joriy mavsum "Valensiya"ga qarshi bahsda yakunladi. Tonggi 11da u "Valyadolid" prezidenti Ronaldo bilan klubda egallaydigan mansabini muhokama qilishi kerak edi, ammo policiya uning rejalarini bekor qildi.


Advokat so'zlariga ko'ra, 38 yoshli futbolchi hammasini rad etmoqda. "Borxaning xafaligini tushunish uchun, unga boqishning o'zi etadi. "Valyadolid"da unga ishonishardi, u sardor edi. Borxa policiya bilan hamkorlik qilmoqda va qamalish niyatida emas". "Valyadolid"dagilar shokda: "Borxa halol inson, u ishonchga munosib inson".


- Inigo Lopes. Joriy mavsum "Deportivo"da o'ynadi. U bir necha yil oldin "Real"ni Ispaniya Kubogida 4:0 hisobida mag'lub etgan "Alkorkon" safida o'ynagan.


- Karlos Aranda. Uning yagona muvaffaqiyati - LaLiganing sakkizta klubida ("Vilyarreal", "Albasete", "Sevilya", "Numansiya", "Osasuna", "Levante", "Saragosa" va "Granada") o'ynab, rekord o'rnatgan. To'rt yildan beri futbolchi emas. Uning sxemadagi roli oshkor qilinmagan.


- "Xetafe" futbolchisi Samuel Says hibsdan qutilib qoldi, hozir u oilasi bilan Ibicada dam olmoqda. U maxsus operaciya haqida yangilikni o'qiganida, o'zi policiyaga kelib, ko'rsatma berdi va uni qo'yib yuborishdi.


- "Fuenlabrada" futbolchisi Karlos Kabalero va "Karinena" sobiq o'yinchisi Karlos Briones bilan ham shunday bo'ldi: So'roqdan so'ng ozod qilishdi.


- "Ueska" prezidenti Agustin Lasaosa, klub tibbiy shtabi rahbari Xuan Galindo qamoqqa olindi. "Ueska" sobiq sport direktori Emilio Vegu so'roq qilindi. Klub esa rasmiy bayonot berdi: "Ueska" aybdor emas, klub adolat tarafdori va hozircha aybsizlik prezumpciyasi amalda. Ofisda tekshiruv ishlari o'tkazildi.


Hibsga olinganlar orasida faqat Inigo Lopesning "Real"ga bog'liq tarafi yo'q. Aranda, Fernandes va Bravo "qaymoqranglilar" yoshlarida o'ynashgan. SHu bilan birga ular "Granada" va "Numansiya"da to'p tepishgan. Lopes esa Lasaosning "Ueska"sida o'ynagan.


Barcha hibsga olinganlar kamida uch sutkani qamoqda o'tkazishadi.


Kelishilgan o'yinlar qanday tashkillashtirilgan?


Policiya hozircha hammasini o'rganib chiqmoqda.

- "Kelishuxa"lar tashkilotchilari mavsum boshi yoki oxiridagi bahslarni tanlashgan

- Tikishlardan pul topish uchun futbolchilar bilan kelishib olishgan, tajribali futbolchilar va sardorlar bilan hamkorlik qilingan

- Futbolchilar rozi bo'lganidan so'ng, kelishilgan pullarning yarmini naqd pulda to'langan

- Qolgan qismini ish yakunlanganidan so'ng to'lashgan.

Qo'lga olingan deyarli barcha shaxslar bir tipdagi insonlar - tajribali futbolchilar yoki ispan klublari kiyinish xonasida tanishi bor bo'lgan sobiq futbolchilar. Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsak, hammasi quyidagicha ishlagan: Tajribali futbolchi "kelishuxa" guruhi bilan muloqotdan so'ng, jamoadoshlarini (hammani emas, tanlanganlarni) kerakli natija qayd etishga ko'ndirib, bu sxemani hech kim hech qachon aniqlay olmasligi haqida vada beradi. Hammasi hom-hayol bo'lib chiqdi.


Ularni qanday aniqlashdi?

2018 yilning may oyida LaLiganing o'zi policiyaga murojaat qildi, tekshiruv ishlari bir yil davom etdi, liganing xavfsizlik va himoya bo'yicha departamenti policiya bilan hamkorlik qildi. Bu departament 2013 yil LaLiga prezidenti Xaver Tebas tomonidan yaratilgan.


2018 yilda departamentni milliy policiya rahbari sobiq o'rinbosari Florentino Vilyabona boshqara boshladi. U futbolga kelguniga qadar ETA (Basklarning terroristik tashkiloti)ning 30dan ortiq jangarisini hibsga olgan.


Departament ikki bo'limga ajralgan: Xavfsizlik bo'limi (muxlislar bilan ishlashga javob beradi, boshliq - Xuan Diego Gonsales) va himoya bo'limi (shubhali o'yinlarni aniqlaydi, rahbar - sobiq policiyachi Inyaki Arbea).


Bu bo'limda kelishilgan o'yinlar mexanikasini batafsil tushuntirib berishadi va xatto ularni darajaga ajratishadi.


- Birinchisi: "Toza" kelishilgan bahs, natija uchun o'yin. Bunday uchrashuvlarni aniqlash oson, ular odatda ikki tomon bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada bo'ladi. Ko'pincha futbol davralaridagi mish-mishlar tufayli ularning oldini olishadi.

- Ikkinchisi: Totalizatorga pul tikish. Bu ishni ko'proq o'rtamiyona klublar amalga oshirishadi. Uchinchi shahslar malum bir natijaga pul tikadi (masalan, bahsda uchtadan ko'p sariq kartochka bo'ladi), futbolchilar ularni ishlab olishadi, totalizatordan kelgan pul bo'lib olinadi. Ispaniyada avtomatlashtirilgan TYCHE nomitoring tizimi mavjud. Bu tizim koefficientlarni nazorat qiladi va aniq bir o'yinga 1dan 5gacha baho qo'yadi. Ikkidan baland baho olgan uchrashuv - liga mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. "Ueska" - "Ximnastik" bahsiga 4 va 5 atrofida baho qo'yilgan.

- Uchinchisi: Aralash variant. Bu erda futbolchilar totalizatorga pul tikishadi va malum bir mablag' evaziga kerakli natijani qayd etishadi.

Himoya departamenti klub vakillari, futbolchilar va murabbiylar bilan tez-tez seminar va uchrashuvlar o'tkazib, ularni bir narsaga ishontirishga urinadi: Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etish noto'g'ri.

"Oldini olish ishlaridagi eng muhimi - futbolchilar bilan muloqot. Biz seminar va vorkshoplar o'tkazamiz, LaLiga, Segunda, Segunda B, tersera (to'rtinchi divizion), ayollar LaLigasi, ayollar segundasi va boshqa ligalarda ishtirok etuvchi klublarning kiyinish xonasida bo'lganmiz. Ularga shubhali bahslarda nima qilish kerakligini tushuntiramiz. Menimcha, bu yordam beryapti"- deydi Inyaki Arbea.


Departamen fevralda yangi hisobotni taqdim etdi. Unga ko'ra, shubhali bahslar soni sezilarli darajada kamaygan. 2017/18 mavsum ispan futbolida 29ta shubhali bahs aniqlangan bo'lsa (TYCHE tizimi yordamida), navbatdagi hisobotga bor-yo'g'i 5ta uchrashuv kiritildi. Ispaniyada futbol bazida adolatsiz bo'lishidan uyalishmaydi. Qoida bo'yicha OAV shubhali o'yinlarni ligadan bilib oladi, teskarisi emas.

17/18 mavsum yakunlariga ko'ra, Ispaniyada 53 kishi qo'lga olindi, policiyaga 39ta ariza berildi va ularning 9tasi sudgacha etib bordi. Joriy mavsum LaLiga policiyani 18ta shubhali bahsdan boxabar qildi va tez orada sudda ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan 9ta rasmiy bayonot yubordi. Asosan bu quyi divizionlar, ammo departament "Levante" hamda "Saragosa" o'rtasidagi kelishilgan o'yinni aniqlashda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etdi. Bahs 2011 yil o'tkazilgan, ammo faqat 7 yil o'tib ish qayta olchildi va hammasi tasdiqlandi.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика