Ispaniyada "Espanol" - "Osasuna" uchrashuvini kelishilgan deb topishdi
18 fev 2015 12:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162576_original.jpg)
![](/upload/storage/162576_220.jpg)
Ispaniyada "Espanol" - "Osasuna" uchrashuvini kelishilgan deb topishdi
Ispaniya professional futbol ligasining hisoblashicha, Primeroning 2013/14 yilgi mavsumidagi 37-tur uchrashuvi, "Espanol" - "Osasuna" o'yini (1:1) kelishilgan bo'lishi mumkin.
Tekshiruv ishlarida Pamplona klubining 2,5 mln evrolik moliyaviy qoidabuzarligi ham aniqlangan. Malumotlarga ko'ra, 900 ming evro agentlar hisobiga o'tkazilgan, 1,44 mln evro portugaliya kompaniyasiga va 76 611 evro bir futbolchiga xizmat ko'rsatgan vakilga to'langanligi haqida aytilmoqda. Ammo bu borada klub hech qanday hujjat taqdim eta olmadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar