So’nggi yangiliklar

20:00Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ва "Лочин" ўртасидаги 1/8 финалнинг илк ўйини бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  16 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  1 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  13 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  11 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  10 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  13 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  7 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  2 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  16

Ispaniya - Rossiya raqibi Yangiliklar

Ispaniya - Rossiya raqibi

Kuni kecha bo'lib o'tgan bahs natijalari orqali Rossiya jamoasi Ispaniya termasiga qarshi maydonga tushishi aniq bo'ldi. 1/8 final bosqichi qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.

Ispaniya
Ochkolar
: 5
Gollar: 6:5
Darvozaga yo'llangan zarbalar: o'rtacha o'yin uchun 16,3 (5,3)
Ispaniya darvozasiga yo'llangan zarbalar: o'rtacha o'yin uchun 7,3
Sariq kartochkalar: 1ta
To'pga egalik qildi: 67,8%
Aniq uzatmalar: 91,3%
Eng yaxshi o'yinchi: Diego Kosta
Ko'proq zarba beradi: Silva (har o'yinda 3tadan)
Eng aniq uzatmalar egasi: Alkantara (96,5%)

Rossiya futbol bo'yicha bir nechta xalqaro turnirlarda Ispaniya terma jamoasi bilan to'qnash kelgan. 2008 yil Evropa CHempionati so'zimiz isboti bo'la oladi. O'shanda rossiyaliklar uchinchi o'rinni egallagandi. Ular Ispaniya bilan ikki marotaba (guruh bosqichi va yarim finalda) to'p surishgan edi. Biroq har ikkisida ham mag'lubiyatga uchrashgan.
Mana, Jahon CHempionatida Rossiya ilk bor pley-offga chiqdi va yana Ispaniya bilan bahs olib boradigan bo'ldi. Ispaniyaning hozirgi tarkibiga nazar tashlasak, avvalgi o'yinchilar bugungilaridan ancha kuchli ekanini sezish qiyin emas. Lekin, hozirgi terma jamoa vakillari barchasini qayta formatlashtirib, yangicha yo'l bilan g'alaba qozonishga harakat qilmoqda. Ammo, hamma narsaning kamchilik va xatolari bo'lgani kabi, Ispaniya ham buandan mustasno emas. Birinchi va asosiy kamchilik ularni mundialga olib chiqqan bosh murabbiyni yo'qotish bo'ldi. Xulen Lopetegi shoshqaloqligi, yoki «Real» rahbariyatining «ayyor»ligi, yoki bo'lmasa Ispaniya futbol Federaciyasining o'ziga xos principlari tufayli lavozimidan chetlashtirilgandi. Fernando Yerro esa o'sha paytda «Qizil furiya»ning haloskoriga aylandi.

Ispanlar ham endi qo'l qovushtirib o'tirmaydi. Ular bor imkoniyatini ishga solib, maydonga tushadi va yutishga harakat qiladi. Ammo… Ammo, Ispaniya termasi bazida nima qilish kerakligini o'zi tushunmayapti. Isko, Silva va Inesta uchligi jamoaga qisman yordam berishdi. Biroq, ispanlar Marokash va Eronga qarshi bahslarda ulardan ustun bo'lsalar-da, aqlbovar qilmas darajadagi o'yin ko'rsata olmadilar. Yani, Yerro rahbar bo'lgani ajoyib tanlov bo'ldi deyishga hali erta. To'g'ri, Inesta ajoyib o'yinchi, lekin yoshi o'tdi. Silva bu yilgi mavsumdan so'ng, qattiq charchagani sezilib turibdi. Isko esa maydonda asosiy rolni egallashga endi harakat qilmoqda. Bu albatta, hujumkor o'yinni qanday tashkil qilishga ham bog'liq.  

Himoyadagi ishlar qanday ketayotganiga etibor berish qiziq. De Xea darvozada, «Real» va «Barselona» o'yinchilari himoyada harakatlanayotganida go'yoki, darvozani ishg'ol etish ilojsizdek. Ammo, hammasi ham biz o'ylagandek emas. Ularda ustunlik va ko'p bor g'alaba qozonilganlik hissiyoti mavjud. Endi faqatgina ispaniyaliklar yaxshi kayfiyatda bo'lib, o'zlarini ruhlantira olsalar kifoya. Bu ayniqsa, terma posboniga taalluqli. De Xea qanday qilib Ronalduning 3ta zarbasini qaytarolmaganini bir eslang?! Holbuki, himoyachilarning oldida davrozabonning xatolarini kechirsa bo'ladigandek... Masalan, Marokash bilan o'yinda raqiblarning ikki goli ham himoyadagi xato orqali o'tib ketdi. Bu erda gap qandaydir takroriy yoki asosiy xatolar haqida ketayotgani yo'q. Ular bir jamoa bo'lib harakatlana olmadila, xolos. Birgalikda bo'sh zona topib, o'sha tomon intilganlarida, balki hammasi alo darajada yakunlangan bo'larmidi?! SHuning uchun, Rossiya termasi hujumchilari bundan unumli foydalanib, yuqori darajadagi o'yin ko'rsatishlari kerak. Biroq, Ispaniya termasi Franciya, Germaniya, Braziliyaga moslashgan bo'lsa-da, Rossiyaga moslashishi qiyin masala.

CHerchesov va uning qo'l ostidagi o'yinchilar Ispaniya termasining bu jihatlarini tushungan bo'lsa kerak. Bu jihatlar uchta: hujum poziciyasi va kuchli himoyada to'xtab kolish. Ispaniya termasining o'sha paytdagi o'yinlari ko'zga tashlanadi, lekin juda kam. Koncentraciyaning etishmasligi sababli himoyada o'yinni  tashkillashtirishdagi kamchiliklar sezilib kolmokda. Rossiya bundan unumli foydalanishi kerak. Ana shundagina g'olib bo'lishi uchun hech bo'lmasa imkoni bo'ladi. Ammo savol: Rossiya termasi Isko, Inesta va uning sheriklarini faqat himoyada o'ynashga majbur qila olarmikan? Mezbon jamoa kutilmagan zarbalarga aslida qanchalik tayyor?! Ha, Ispaniya — juda kuchli raqib. Lekin, u bir necha yil oldingidek o'ta kuchli jamoa emas. Agar Rossiya termasi barcha imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanlsa, ijobiy natijaga erishishi mumkin.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика