Ispaniya Kubogi. Navbatdagi bosqichda "Real" va "Barselona" to'qnash kelishi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 fev 2019, 10:53
Bugun, 1 fevral kuni Ispaniya Kubogining yarim final bosqichiga qur'a tashlanadi.

"Barselona", "Real", "Valensiya" va "Betis" ushbu bosqichgacha yetib kelishdi. Birinchi uchrashuvlar 6 fevral, javob o'yinlari esa 27 fevral kuni o'tkaziladi.

Agar qur'a natijasida Kataloniya klubi va "Qirollik klubi" to'qnash kelsa, 4 kun ichida ikkita "El-Klassiko" ko'rishimiz mumkin. 27 fevral kuni yarim finalning javob o'yini bo'ladi, 2 mart kuni esa "Real" va "Barselona" LaLiganing 26-tur uchrashuvi doirasida bahs yuritishadi.

Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia