Ispaniya kubogi. “Barselona” qatorasiga 4-marta finalga chiqdi
08 fev 2017 03:12
Yangiliklar


Ispaniya kubogi. “Barselona” qatorasiga 4-marta finalga chiqdi
Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra “Barsa” finalga yo'l oldi.
O'ta murosasiz kechgan bahsning 43-daqiqasida Luis Suares hisobni ochgan bo'lsa, 83-daqiqada Gameyro muvozanatni tikladi. Aynan javob golidan bir necha daqiqa ilgari ushbu futbolchi 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmaganligini ham alohida takidlash joiz.
Uchrashuv bosh hakami dastlab Serjio Robertoni, biroz o'tib "Atletiko" futbolchisi Ferreyra Karaskoni maydondan chetlatgan bo'lsa, so'nggi daqiqalarda Luis Suares ketma-ket ikki bor ogohlantirilib, qizil kartochka bilan “siylandi”. Natijada “Barselona”dagi faoliyati davomida ilk bor maydondan chetlatilgan urugvaylik hujumchi kubok finalida jamoasiga yordam bera olmaydi.
“Barselona” finalda “Alaves” –“Selta” uchrashuvi g'olibi bilan kurash olib boradi.
Ispaniya kubogi, yarim final.
Javob uchrashuvi
“Barselona” – “Atletiko” 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 43 Suares, 1:1 – 83 Gameyro.
“Barselona”: Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Denis Suares (Maskerano, 62), Serji Roberto, Andre Gomesh, Rakitich (Inesta, 72), Turan (Buskets, 70), Messi, Suares.
“Atletiko”: Moyya, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin (Lyuka Ernandes, 49), Saul, Koke, Gaytan (Korrea, 48), Ferreyra Karrasko, Grizmann, Torres (Gameyro, 61).
Ogohlantirish: Serji Roberto (19), Ferreyra Karrasko (36), Rakitich (66), Sillessen (76), Savich (76), Suares (87), Filipe Luis (90), Buskets (90).
CHetlatish: Serji Roberto (57), Ferreyra Karrasko (69), Suares (90).

O’xshash yangiliklar

Fikrlar