Ispaniya klubi Azizjon G'anievga 4 yillik shartnoma taklif qildi
28 may 2018 11:05
Yangiliklar


Ispaniya klubi Azizjon G'anievga 4 yillik shartnoma taklif qildi
O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi yarim himoyachisi legionerga aylanishi mumkin.
Azizjon G'anievga Ispaniyaning "Tenerife" klubi 4 yillik shartnoma taklif qildi, bu haqda championat.asia sayti xabar berdi. Faqat ispanlar G'anievni erkin agent sifatida yoki juda kam pul evaziga o'z saflarida ko'rishmoqchi. Agar futbolchi rozi bo'lsa hech qanday ko'riksiz 4 yillik shartnoma taklif etilgan. "Nasaf" esa ayni paytda moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va o'z etakchisini 1 million dollardan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
1912 yilda tashkil topgan "Tenerife" klubi ayni paytda Ispaniya Segundasida (La ligadan keyingi liga) ishtirok etmoqda. Jamoani mashhur sobiq futbolchi Xoseba Echeberria boshqarib bormoqda. So'nggi bor klub 2010 yilda La ligada ishtirok etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar