Ispaniya JCH saralashidagi golli seriya bo'yicha G'.Germaniya termasiga tegishli rekordni yangiladi
29 mar 2021 00:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/627869_original.jpg)
![](/upload/storage/627869_220.jpg)
Ispaniya JCH saralashidagi golli seriya bo'yicha G'.Germaniya termasiga tegishli rekordni yangiladi
JCH-2022 saralashining 2-turidan o'rin olgan Gruziya – Ispaniya (1:2) bahsida mehmonlar qiyinchlik bilan g'alabaga erishdi.
Ispanlar kvalifikaciya raundida qatorasiga 37 o'yindan beri gol urgan holda rekord o'rnatishdi. Avvalgi eng yaxshi natija esa G'arbiy Germaniya termasiga tegishli edi – 36 uchrashuvlik golli seriya 1934 yildan 1985 yilgacha davom etgan.
Bundan tashqari, “qizil furiya” mundial saralashidan o'rin olgan ketma-ket 65 o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. Bu esa mutlaq rekord hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar