Ispaniya jahon chempionatidan chetlatilishi mumkin. Nega?

Aslanov Jasurbek
15 dek 2017, 17:59
Siyosiy aralashuv tufayli Ispaniya terma jamoasi 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida o'ynamasligi mumkin.

FIFA Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) xat yubordi va unda, agar mamlakat hukumati RFEF yangi prezidenti sayloviga aralashsa "qizil furiya" mundialdan quruq qolishi mumkinligi aytilgan.

Korrupsiyada ayblanib, iste'foga chiqqan Anxel Mariya Vilyar o'rnini vaqtinchalik Xuan Padron egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Pais