So’nggi yangiliklar

21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:09"Гёзтепе" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  1 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  2 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 19:20"Брентфорд" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  6 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  34 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  63 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  1 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  88 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  1 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  6

Ispaniya chempionati. "Real" nihoyat o'z uyida g'alaba qozondi+FOTO Yangiliklar

Ispaniya chempionati. "Real" nihoyat o'z uyida g'alaba qozondi+FOTO

Ispaniya chempionatining 7-turida “qirollik klubi” o'z maydonida Espanol” bilan kuch sinashdi va ishonchli g'alabaga erishdi.

Ispaniya La ligasi, 7-tur

Real Madrid – Espanol” 2:0.

1 oktyabr, 23.45, Santyago Bernabeu

Gollar: 1:0 – 30 Isko, 2:0 – 71 Isko.

Real Madrid – Navas, Varan, Nacho, Xakimi, Ramos, Isko, Kazemiro, Asensio, Modrich (Sebalos, 82), Kroos (Vaskes, 69), Ronaldu.

Espanol –  Lopes, Ermoso, Karikol, Sanches (Granero, 69), Lopes Silva, Mark Roka (Mark Navarro, 46), Xavi Fuego, Darder, Xurado (Garsiya, 46), Baptistao, Moreno.

Ogohlantirish: Nacho (36), Sanches (65), Kazemiro (77).


UCHRASHUV BOSHLANDI.

1-daqiqa. Isko ilk hujumdanoq raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Lopes jamoasini muqarrar goldan saqlib qoldi.

GOLLLL!!!! Isko birga bir vaziyatga chiqib bordi va bu safar darvozabonga imkoniyat qoldirmadi. Golga Krishtiano assistentlik qildi.


Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas endi Krishtianoni qulay vaziyatga chiqarishdi. Portugaliyalik futbolchi chap oyoqda to'pni ajoyib tarzda o'ziga to'g'irlab oldi va kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sini ustuidan o'tib ketdi.

44-daqiqa. Uxxxxx... Marenoda yaxshi imkoniyat bo'lgandi.  Uning zarbasidan keyin Navas to'pni qaytarishga ojiz edi. Madridliklar baxtiga to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.


BIRINCHI BO'LIM STATISTIKASI:

Zarbalar:  13-2 

Aniq paslar: 93%-81% 

Xavfli vaziyat: 12-1 

To'p bilan muomala: 65%-35%





IKKINCHI BO'LIM BOSHLANMOQDA.

Serxio Garsiya va  Marko Navarro mehmonlar tarkibida maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'limning birinchi yarmini mehmonlar o'ta faol hujumlar bilan o'tkazishdi... Gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo "Espanol" futbolchilariga biroz sovuqqonlik va aniqlik etishmayapti...

GOLLLL!!!

71-daqiqa. Uchta himoyachiga qarshi "Real"ning beshta futbolchisi tezkor qarshi hujum uyushtirishdi. Asensioning qanotdan uzatib bergan to'pini Isko uzoq pastki burchakka aniq yo'lladi - 2:0.

"Sen urmasang, senga urishadi" naqli shu vaziyatda o'z isbotini topdi. Goldan oldin Ramosning o'ta qo'pol xatosidan keyin "Espanol"ning ikki futbochlisi Navasga qarshi yolg'iz qolishib, darvozani nishonga ola bilishmagandi...

UCHRASHUV YAKUNLANDI.

Qirollik klubi nihoyat joriy mavsumda La ligada o'z maydonida g'alabaga erishdi. Jamoaning barcha muxlislariga g'alaba muborak!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика